Şu yilning 5 sentabr kuni soat taxminan 01:00 dan 04:00 gaça bölgan vaqt oraliğida xususiy tadbirkor A.K.ga tegişli bölgan, Namangan şahar 4-kiçik tumanda joylaşgan telefon apparatlarini ta'mirlaş ustaxonasiga noma'lum şaxs oynani sindirib kirgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, u ta'mirlaş uçun topşirilgan 46 dona har xil turdagi telefon apparatlari, bir qança telefon aksessuarlari va ehtiyot qismlari, “Canon I sensys 3110” rusumli printer, ta'mirlaş uskunalari hamda 24 dona sim-kartalarni öğirlab ketgan.

Körilgan tezkor çoralar natijasida, uşbu jinoyatni 1989 yilda tuğilgan Namangan şahrida yaşovçi A.R. sodir etganligi aniqlanib uşlangan. A.R.ning yaşaş xonadonidan öğirlangan buyumlar daliliy aşyo sifatida olingan. 

Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.