2021 yilning 4-10 oktabr kunlari respublika böylab “Keksalar haftaligi”ni taşkil etilişi rejalaştirilgan. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi mas'ul xodimi Farhod Eşmöminov ma'lum qildi.
“Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi örni va ijtimoiy faolligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan har yili oktabr oyining birinçi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni ötkaziş belgilangan. Şu munosabat bilan, 4-10 oktabr kunlari uşbu haftalik taşkil etiladi. Haftalik doirasida joylarda qator ma'naviy-ma'rifiy, sport, obodonlaştiriş va xayriya tadbirlari ötkaziladi”, dedi vazirlik mas'uli.
Ma'lum bölişiça, haftalik davomida:
- pensioner, yakka va yolğiz yaşovçi keksalar holidan xabar olinib, ularning uy-joy, maişiy muammolarini hal etişga kömaklaşiladi, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi;
- turli sohalarda faoliyat yuritib nafaqaga çiqqan keksa avlod vakillari iştirokida uçraşuvlar uyuştiriladi;
- malakali şifokorlardan taşkil topgan “Tibbiyot avtobuslari” orqali respublikamizning barça hududlari, jumladan, çekka va olis hududlarda joylaşgan mahallalarda yaşovçi ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziladi hamda zarur dori-darmon vositalari bilan ta'minlanadi;
- nogironligi bor keksa ayollarga reabilitatsiya vositalari, ya'ni nogironlik aravaçasi, hassa va qöltiqtayoq, eşitiş moslamalari taqdim etiladi;
- “100 yoş bilan yuzlaşganlar” nomli kitob-albom, “Keksalik va ma'naviy meros”, “Keksalari e'zozlangan yurt” nomli risolalar taqdimoti ötkaziladi.












