2019 yilning boşida öz faoliyatini boşlagan "Poytaxt bank" aksiyadorlik jamiyati çakana bank xizmatlarini rivojlantirişni özining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilab olgan. Bunda, köplab yangi turdagi interaktiv xizmatlarni rivojlantirişga xizmat qiluvçi bank kartalari biznesi jadal rivojlantirilmoqda. Hozirgi vaqtda mijozlarga bank tomonidan “UnionPay International” va “Uzcard” tizimlarida işlovçi Kobeydj kartalari, “UnionPay” xalqaro “Classic” va “Exchange” kartalari hamda kobrending kartalari taklif qilinmoqda. 

Kobeydj kartalari 

Köplab qulayliklarga ega bölgan Kobeydj kartasi bir vaqtning özida söm hamda valuta kartasi vazifasini bajaradi. 

Uşbu kartadagi milliy valutadagi mablağlar dunyoning 170 dan ortiq davlatlarning mahalliy valutasiga avtomatik konversiyalanib, bankomatlar orqali naqd pulda olişingiz yoki turli tölovlarni amalga oşiriş imkoniyatlari mavjud.

Şuningdek, uşbu kartadan internet orqali turli xil tölov va xaridlarni ham amalga oşiriş mumkin.

“UnionPay” xalqaro tölov kartalari

“UnionPay” Classic kartalaridan foydalansangiz dunyoning barça davlatlarida heç qanday çeklovlarsiz bankomatlar orqali naqd pul oliş hamda tovar va xizmatlar haqini tölaş imkoniyatiga ega bölasiz. 

“UnionPay International” hamda uşbu kartalarni qabul qiluvçi savdo korxonalari kartalardan foydalanuvçilar uçun doimiy ravişda turli xil çegirma va “promo-aksiyalar” ötkazişni yölga qöygan.

“UnionPay” Exchange kartasi yoki Konversion karta – jismoniy şaxslar-rezidentlar tomonidan xorijiy valutani naqd pulsiz sotib oliş va sotişni amalga oşirişda foydalaniladigan xalqaro tölov kartasidir. Uşbu karta milliy valutadagi mablağlaringizni bank ofisida yoki mobil ilovadan foydalangan holda konversiya qiliş yöli bilan töldiriladi.

Konversion kartalar yordamida heç qanday geografik yoki miqdoriy çeklovlarsiz mehmonxona xizmatlarini tölaş, dökonlardan tovarlar xarid qiliş hamda xorijdagi bankomatlardan naqd valuta oliş imkoniyatlari mavjud.

Kobrending kartalari

Kobrending kartasi keng savdo tarmoğiga ega bölgan yirik savdo korxonalari bilan hamkorlikda çiqarilgan bank kartasidir.

Uşbu karta egasi oddiy va qulay usulda savdo korxonalaridan istalgan tovarlarni sotib oliş, oldindan heç qanday tölovlarsiz va ustama haqlarsiz faqat olingan tovar qiymatini qaytariş imkoniyatiga ega böladi.

"Poytaxt bank" – kelajakni birga quramiz!

Telefon: 71 214-20-00

Reklama huquqi asosida