«Poytaxt bank» AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlari sotuvga qöyildi. Bu haqda «Davaktiv» agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, savdo raqobat asosida, barça manfaatdor iştirokçilar uçun oçiq ariza topşiriş orqali amalga oşiriladi.

Xalqaro miqyosida tan olingan konsalting xizmatlari körsatuvçi Deloitte kompaniyasi bankni xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida tanlab olingan.

«Davlat aksiya paketlarini sotişdan asosiy maqsad bankning moliyaviy barqarorligini oşiriş va bank tomonidan taqdim etiladigan professional bank xizmatlari turini kengaytiriş, şu bilan birga, bank sohasiga yönaltirilgan investitsiyalar va kredit liniyalarini jalb qiliş», deyiladi xabarda.

Bank 2017 yilda taşkil etilgan bölib, unda tijorat bank va xalqaro valuta operatsiyalarini amalga oşiriş, qimmatli qoğozlar, ssuda va kafilliklar beriş, omonatlar qabul qiliş va kredit beriş, respublika hududida tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek, yuridik va jismoniy şaxslarga boşqa bank xizmatlarini körsatiş faoliyati olib boriladi.

Şuningdek, bank tasdiqlangan davlat suğurta qöyilmalari dasturida iştirok etadi, litsenziyasi bekor qilingan holda ham qöyilmalar summasidan qat'i nazar, 100 foiz miqdorida qaytariladi.

Ma'lum qilinişiça, «Poytaxt bank» AJ sotiliş mexanizmi va jarayoni 4 bosqiçdan iborat böladi. Qiziqiş bildirgan xaridor 20 iyunga qadar «Davaktiv» agentligi elektron manzillariga murojaat qilişi mumkin.