“Poytaxtbank ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotiş va undan tuşgan mablağlarni taqsimlaş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Unga köra, “Poytaxtbank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotişdan tuşgan mablağlar uşbu davlat aktivini sotiş bilan boğliq xarajatlarni çegirgan holda Toşkent şahar mahalliy budjetiga yönaltiriladi.

Mahalliy budjetga kelib tuşgan pullar Moliya vazirligi tomonidan Toşkent şahar mahalliy budjetiga ajratilgan budjet ssudalarini, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qaytarişga yönaltiriladi.

Eslatib ötamiz, Davaktiv şu yil may oyida “Poytaxtbank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşini sotuvga qöyganini e'lon qilgandi.

Sentabr oyida bölib ötgan Iqtisodiyot forumida Davaktiv Rossiyaning “Ekspobank” banki bilan  “Poytaxtbank”ni xususiylaştiriş töğrisida memorandum imzoladi.

“Poytaxtbank” AJni xususiylaştiriş böyiça maslahatçi sifatida Deloitte konsalting kompaniyasi tanlandi.

Ma'lumot örnida, bank Özbekiston prezidentining 2017 yildagi qaroriga muvofiq taşkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati — tijorat bank operatsiyalari, qimmatli qoğozlar, valuta bilan boğliq operatsiyalar, kredit va kafolatlar beriş.

Bank Toşkent şahar hokimligining 100 foiz muassisligida taşkil etilgan bölib, ustav kapitalini şakllantirişga mahalliy budjetdan 100 milliard söm ajratilgan.