Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan 20 may kuni e'lon qilingan «Özagroeksportbank» ATB va «Poytaxt bank» AJ ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlarini sotiş jarayonining birinçi bosqiçi yakunlandi.

Agentlik xabariga köra, 5 iyulga qadar «Poytaxt bank» AJ ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlarini sotib oliş uçun 3ta, «Özagroeksportbank» ATB paketlariga esa 4ta taklif kelib tuşgan.

«Barça takliflar sotiş uçun dastlabki malakaviy talablarga mos kelgan deb hisoblandi hamda keyingi bosqiçga ötkazildi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, ikkinçi bosqiçda talabgorlar bilan oşkor etmaslik töğrisida tegişli bitimlar imzolanadi va banklar töğrisidagi qöşimça ma'lumotlar, jumladan, talabgorlarga axborot memorandumi, moliyaviy, yuridik va soliq jihatdan örganiş hisobotlari taqdim etiladi.

Agentlik davlat uluşini sotiş böyiça konsultantlar sifatida «Deloitte» va «Grant Thornton» kompaniyalari jalb qilinganini eslatib ötgan.

Avvalroq, «Poytaxt bank» AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlari sotuvga qöyilgani xabar qilingandi.