«Milan» klubi boş murabbiy Marko Jampaolo bilan xayrlaşdi. Klub matbuot xizmati rasman xabar berişiça, 51 yoşli mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga çiqarildi.
Jampaolo boşqaruvida «Milan» A Seriyaning 7 turida 3 marta ğalaba qozonib, 4 marta yutqazdi va 9 oçko bilan 10-örinda joylaşdi.
Uşbu mutaxassis klubdagi faoliyati davomida yangi antirekord örnatdi - u «Milan» tarixida eng kam işlagan murabbiyga aylandi. Jampaolo «Milan» boş murabbiyligiga 19 iyun kuni tayinlangan va u bilan yiliga 2 million yevrolik maoş tölaş nazarda tutilgan 2 yillik şartnoma imzolangandi. U «rossoneri»ni atigi 111 kun boşqardi.
Yaqin vaqtlar içida «Milan»ga Stefano Pioli boş murabbiy etib tayinlanişi kutilmoqda.












