Özbekiston hukumati 2030 yilga kelib mehnat muhojirlari sonini 2018 yilga nisbatan 16,6 foizga - 1,96 million kişigaça kamaytirişni rejalaştirmoqda. Bu respublikaning 2030 yilgaça kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjatga köra, 2018 yilda 1 million 960 ming kişi çet eldan iş izlab Özbekistonni tark etgan.
Loyihada aytilişiça, 2030 yilda mamlakatdagi iqtisodiy faol aholi soni 17 foizga ösadi - 2018 yildagi 15,099 million kişidan 17,707 milliongaça. Şu tariqa, muhojirlar soni 2,355 millionga qarşi 1,965 million kişigaça kamayadi, pasayiş darajasi 16.6 foizni taşkil qiladi.
2030 yilda mamlakatning örtaça yillik doimiy aholisi soni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi prognozlariga köra, 38,6 million kişiga yetadi.
Mehnat migratsiyasini kamaytiriş çora-tadbirlari orasida yangi iş örinlarini yaratiş uçun xususiy biznes daromadlariga soliq yukini qisqartiriş, yangi korxonalarni asosan mehnat bozorida keskin vaziyat yuzaga kelgan hududlarda joylaştiriş, şuningdek, iş beruvçilarni işçi kuçini jalb qilişga undovçi Mehnat kodeksini qayta körib çiqiş mavjud.












