Joriy yil 7 oktabr kuni soat 14:10 dan 8 oktabr soat 22:00 ga qadar Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 24 nafar fuqaro köngil aynişi, qayd qiliş, boş oğrişi, umumiy holsizlaniş, iç ketişi, oşqozon sohasida oğriq, tana haroratining kötarilişi kabi şikoyatlar bilan yotqizilgan. Ularga “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamçi taşxisi qöyildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimining Kun.uz’ga xabar berişiça, joriy yilning 6 oktabr kuni soat 13:00-17:30lar oraliğida barça bemorlar Samarqand şahar Siyob dehqon bozori hududida joylaşgan “Baxtiyor” MÇJga qaraşli xot-dog tayyorlaş şoxobçasidan xot-dog va şaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste'mol qilişgan.
“Baxtiyor” MÇJga qaraşli xot-dog şoxobçasida örganiş ötkazilganda, şoxobça öz faoliyatini töxtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlandi.
Samarqand şahar DSENMda mazkur xot-dog şoxobçasi atrofidagi xonadonlarda xot-dog va şaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste'mol qilgan fuqarolarni aniqlaş, tibbiy körikdan ötkaziş maqsadida tibbiy xodimlarini jalb etgan holda uyma-uy köriklar taşkil etildi.
“Baxtiyor” MÇJ bir kunlik muddatda tekşiriş ötkaziş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakiliga tegişli hujjatlar töplanib, buyurtma tayyorlandi.
Bemorlarning ahvoli, laboratoriya tahlil natijalari, yakuniy taşxis hamda ötkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarşi tadbirlar töğrisida qöşimça axborot taqdim etilişi aytilgan.








