2020 yil 1 yanvardan Böstonliq tumanida soliq soliş va soliq ma'muriyatçiligi böyiça noyob tajribani boşlaş taklif etilmoqda. Tegişli loyiha muhokama uçun joylaştirilgan, deb yozmoqda Norma.
Ğazalkent şahrida, «Döstlik», «Sijjak» va «Novobod» mahalla fuqarolar yiğinlarida (tumanning aholi dam olişi nuqtai nazaridan eng talabgir bölgan qismlari) soliq tayanç punktlarini oçiş möljallanmoqda. Ular dam olişni taşkil etiş bilan band bölgan sub'yektlarni qonuniylaştiriş va ularning daromadlari hisobini yuritiş uçun zarurdir.
Soliq tayanç punktlariga murojaat qilgan jismoniy va yuridik şaxslarga 3 yilga guvohnoma beriladi. Guvohnoma uçun 1 BHM yiğim undiriladi (maqola berilgan kundagi miqdori – 223 ming söm). Bunda ixtiyoriy ravişda qonuniylaştirilganlar birinçi yil yiğim tölamaydilar (guvohnoma uçun yillik tölov nazarda tutilgan deb xulosa çiqariş mumkin – loyihada bu aniq aytilmagan).
Guvohnoma egasiga dam oliş bilan boğliq bir qator xizmatlarni körsatiş huquqini beradi. Bunda soliq solişning quyidagi tartibini belgilaş taklif etiladi:
• qat'iy belgilangan soliq topçanlarni ijaraga berişdan olinadigan daromadlardan – 3 BHM, motorli suv transportini berişda – har bir örindiq uçun 3 BHM, motorsiz suv transportini berişda – 3 BHM (bir birlikdagi transport uçun), skuter va qorda yuradigan maşinalarni berişda – 5 BHM, kvadrosikllarni berişda – 5 BHM, paraplan berişda – 3 BHM, otlar berişda – 1 BHM, çanği uçuvçilar va snoubordistlar uçun anjomlar berişda – 1 BHM;
• Böstonliq tumani hududida dam oliş uylari va dala hovlilarni ijaraga beriş, umumiy ovqatlaniş va çakana savdo xizmatlarini körsatişdan olingan daromadlarga 4%lik stavkada YaST solinadi.
Guvohnomasiz xizmat körsatilganligi uçun «innovatsion» sanksiya mexanizmi qöllaniladi. Birinçi galgi huquqbuzarlik uçun «sariq kartoçka» va 1 mln söm miqdorida şartli jarima belgilanadi, jarima darhol undirilmaydi. Takror sodir etilgan huquqbuzarlik uçun «qizil kartoçka» beriladi va 5 mln söm jarima undiriladi, unga birinçi galgi huquqbuzarlik uçun 1 mln sömlik jarima ham qöşiladi. Jarimani tölagan sub'yektga yiğim undirilmagan holda guvohnoma beriladi.
Xizmatlar körsatişdan olingan daromadlar yaşirilgan (kamaytirib körsatilgan) hollarda YaST hisobot davrida olingan daromad summasidan 12%lik stavka böyiça hisoblab çiqariladi. 10 mln sömdan yuqori miqdordagi soliq qarzdorligi tölanmaganligi uçun soliq tölovçi tomonidan xizmatlar körsatişda foydalaniladigan mol-mulk xatlanadi. Buning uçun soliq organi rahbari yoki uning örinbosarining qarori yetarli böladi.
Şu bilan birga, 1 yanvardan Böstonliq tumanidagi tadbirkorlik sub'yektlari uçun yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği, yuridik şaxslar uçun QQS va YaST böyiça taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qiliş möljallanmoqda. Faqat profilaktika va aholini davolaş bilan şuğullanadigan taşkilotlar, şuningdek bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari uçun imtiyozlar saqlanib qoladi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.












