Keça, 11 oktabr kuni, «Baymak-avtodorojniy» nazorat-ötkaziş punktida Qirğiziston fuqarosi davlat çegarasini noqonuniy kesib ötişga uringani uçun qölga olindi, deb xabar qilmoqda Qirğiziston Çegara xizmati.
Uning ma'lumotlariga köra, Qirğiziston fuqarosi S.F. Özbekistonga qarab ketayotgan bölgan. Pasport nazoratidan ötiş çoğida u Özbekiston fuqarosining xorijga çiqiş pasportini taqdim etgan. U çegara naryadi tomonidan tekşirilganda, hujjat qisman qalbakilaştirilganligi aniqlandi (davlat çegarasini kesib ötiş töğrisidagi muhr izlari özgartirilgan bölgan).
Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgandan söng, qölga olingan şaxs Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining hududiy bölinmasi xodimlariga topşirildi.












