Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yaponiyaga «Xagibis» töfoni yopirilişi oqibatida köplab insonlar qurbon bölgani munosabati bilan mamlakat Boş vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

12 oktabr kuni Yaponiyada kuçli yomğirlar va şamol bilan birga töfon boşlandi. Mamlakat hududidagi 14ta daryo özanlaridan toşgan. Tabiiy ofat tufayli 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta'minotidan uzilgan, hukumat Tokio, Kanagava, Niigata, Fukusima, Gumma va Tiba prefekturalaridagi 3 milliondan ortiq kişini evakuatsiya qilişga buyruq bergan.

Ma'lumotlarga köra, bu Yaponiyaga 1958 yilda yopirilgan va 1200 kişini hayotdan olib ketgan «Ida» töfonidan keyingi eng yirik töfon bölişi mumkin.

Sönggi ma'lumotlarga köra, töfon tufayli halok bölganlar soni 23 kişiga yetdi, 166 kişi jabrlandi. Şuningdek, 16 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda.