Yaponiya hukumati tez orada «Birlaştiriş çerkovi» diniy taşkilotini tarqatib yuborişni talab qilib, sudga murojaat qiladi. Bu haqda öz manbasiga tayanib Kyodo xabar berdi.
Qaror «şubhali amaliyotlar», şuningdek, taşkilot bilan ehtimoliy aloqalari uçun öldirilgan sobiq boş vazir Sindzo Abe tufayli qabul qilingan.
Kyodo manbasiga köra, hukumat hujjatlarni 12 oktyabrgaça tayyorlab, keyin Tokio sudiga da’vo arizasini topşirişni rejalaştirgan. Hujjatlarda «katta xayriya mablağlari oliş» «Birlaştiriş çerkovi» tomonidan bosim ötkazilgani haqida xabar bergan jabrdiydalarning ma’lumotlari mavjud.
Bu harakatlar Yaponiyaning diniy taşkilotlar töğrisidagi qonunini buziş sifatida baholanmoqda. Sud bunday taşkilotning «jamoat farovonligiga jiddiy zarar yetkazgani» isbotlansa, tarqatib yuborişi mumkin.
«Birlaştiriş çerkovi» 1954 yilda Janubiy Koreyada taşkil etilgan. Uning butun dunyo böylab 5 milliondan 7 milliongaça a’zosi bor. Agar u Yaponiyada tarqatib yuborilsa, diniy taşkilot maqomini yöqotadi va soliq imtiyozlaridan mahrum böladi, lekin yuridik şaxs sifatida faoliyat yurita oladi.
Sindzo Abe 2022 yil 8 iyulda omma oldida nutq sözlaganida otib öldirilgan. Qotillikda gumonlanayotgan Tetsuya Yamagami boş vazirni öz oilasini «bankrot qilgan» «Birlaştiriş çerkovi» bilan aloqador deb hisoblagan. Qayd qilinişiça, Yamagamining onasi taşkilotga 670 ming dollar xayriya qilgan.












