“Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçyov 2019 yil oxirigaça Özbekistondagi ilk atom elektr stansiyasini quriş böyiça barça yeçimlar topilişiga umid qilayotganini aytdi.
“Yil oxirigaça qandaydir hujjatlar imzolanişi aniq. Muzokaralar oson keçmayapti, çunki narxni belgilab oliş zarur. Ular ikki bosqiçdan iborat böladi. Loyihalaş bosqiçi mavjud bölib, u köp jihatdan körsatkiçlar va keyingi şartnomani belgilab beradi”, deb izoh bergan Lixaçyov.
“Biz ikkita noma'lumdan iborat tenglamani yeçmoqdamiz: loyihaviy işlar böyiça ham, bu loyihani amalga oşiriş böyiça ham kelişmoqdamiz. Işonçim komilki, yil oxirigaça barça yeçimlarni topamiz va bu bir, ikki yoki uç şartnoma orqali amalga oşirilişi – bu alohida masala”, deb qöşimça qilgan Lixaçyov.
2018 yil sentyabrda Özbekiston va Rossiya AES quriş böyiça hamkorlik töğrisida kelişuv imzolagan. Unga köra, “Rosatom” Özbekistonda VVER-1200 reaktor qurilmasiga ega “3+” avloddagi ikkita energoblokdan iborat majmua quradi.
AES qurilişini 2022 yilda boşlaş rejalaştirilgan.













