Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning kenja öğli – 21 yoşli Somon Imomali “Talko Kabel” alyuminiy kompaniyasi boş direktori örinbosari etib tayinlandi. Somon mehnat faoliyatidagi uşbu birinçi lavozimni Tojik milliy universitetini bitirişi bilanoq oldi, deb xabar berdi “Axbor” naşri.

Naşr manbalaridan birining ma'lumotlariga köra, Tojikiston prezidentining öğli uşbu lavozimda 3 oydan beri işlamoqda.  

“Aslida, uni bu yerga amaliyot ötaş va tajriba orttiriş uçun yuborişgan. Öz vaqtida prezidentning tönğiç öğli Rustam Imomali öz mehnat faoliyatini yoşlar işlari böyiça qömita va iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligida boşlagan. U söngra bojxona xizmati va aksilkorrupsion agentlikdagi rahbarlik lavozimlariga olingan”, deb aytgan manba.

Boşqa manbaning xabar berişiça, Somon Imomali ham iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligida amaliyot ötamoqda, biroq u yerda rasman qayd qilinmagan.  

2017 yil 8 martda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati Somonning bir neçta suratlarini ilk bor e'lon qilgan. Suratlardan birida uning otasi Imomali Rahmon va akasi Rustami Imomali bilan birgalikda Duşanbeda köçat ötqaziş tadbirida iştirok etayotgani tasvirlangan bölgan. 

Tojikiston prezidentining 7 qizi va 2 öğli bor. Ulardan aksariyati yuqori lavozimlarni egallaydi. Imomali Rahmonning 2-qizi Ozoda Rahmon prezident apparatini boşqaradi, tönğiç öğli Rustami Imomali poytaxt Duşanbega merlik qiladi. Rahmonning 4-qizi Ruhşona Rahmonova taşqi işlar vazirligining bölimlaridan birida boşliq, 6-qizi Zarina Rahmon respublikaning eng yirik banklaridan biri hisoblangan “Oriyonbank”da rahbar örinbosari lavozimida işlaydi.