Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputati Yormamat Xoliyarov AQŞ dollaridan voz keçişni taklif qildi.
“Xalqaro pul ötkazmalarida har bir davlat öz milliy valutasi bilan hisob-kitob qilişiga ötişi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirişga turtki böladi. Şuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kiçik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidini yöqga çiqaradi”, deb aytgan deputat.
Xoliyarovning fikriça, Özbekiston Markaziy banki bank siyosatini yaxşilaş va yangi me'yorlar hamda mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça işlarni boşlaşi lozim.
“Xorij valutasi hukmronligi davri özgariş payti kelmoqda. Bu inflatsiyaga qarşi kuraşda samarali uslubdir», deb xulosa qilgan deputat.
Ta'kidlanişiça, hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oşirilmoqda, lekin AQŞ valutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflaşmoqda. Şu boisdan dollardan bir qator mamlakatlar voz keçmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron özaro xalqaro hisob-kitoblardan dollarni siqib çiqarmoqda va milliy valutada muomala qilişga kelişib olişgan.












