Duşanba kuni Rossiya prezidenti 12 yil içida ilk marta Ar-Riyodga keldi. Podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud huzuridagi kutib oliş marosimida arab musiqaçilari Rossiya madhiyasini ijro etişda bir qator xatolarga yöl qöyişdi.

Seşanba kuni şunga öxşaş holat BAA poytaxti Abu-Dabida ham takrorlandi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, bu ikki holatga salbiy böyoq beriş yaramaydi.

«Albatta, bu – katta simfonik orkestrning ijrosi emasdi. Şunga qaramay, har holda amirliklar va saudiyaliklar tomoni ança harakat qilişdi va prezidentni olijanoblik bilan kutib olişdi.

Voqeaga bunday börttirib reaksiya bildiriş noörin. Rossiya davlati rahbarini qanday darajada kutib olişgani, u yerda qançalar xayrixohlik muhiti hukm surgani va muzokaralar konstruktiv keçganini özingiz kördingiz», – dedi Peskov.

Rossiya faxriy qorovulining boşliği, mayor Pavel Gernetsning sözlariga köra, Osiyoning ayrim davlatlari va ba'zi şarq mamlakatlarida musiqaçilar Rossiya madhiyasini ijro etişda qiyinçilikka duç kelişadi. Uning tuşuntirişiça, bu – musiqa madaniyatining turfa xilligi bilan boğliq.

Qöşimça qiliş joiz, Vladimir Putinning Ar-Riyodga taşrifi vaqtida uning kortejiga 16 çavandoz hamrohlik qilib yurdi. Rossiya yetakçisi Saudiya podşohiga quşlarni ovlaşga örgatilgan kamçatka loçini, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonga esa mamont tişidan işlangan sovğa taqdim etdi. Bunga javoban Putinga arab ornamenti suratini tuhfa qilişdi.