Uşbu öyinlar iştirokçilari soni böyiça rekord öyinlar böladi.
Harbiy öyinlar 1948 yil taşkil etilgan Xalqaro harbiy sport kengaşi (CISM) rahnamoligida ötadi. Ayni kunda taşkilotga a'zo davlatlar soni 135taga yetgan.
Musobaqalar “döstlikni mustahkamlaş va tinçlikni quriş” şiori ostida bölib ötadi. Ularda 18 oktyabrdan 29 oktyabrgaça 10 kun davomida 109 ta davlat sportçi harbiylari 27 ta sport turi böyiça 329 ta yönalişda bellaşadilar.
E'tiborlisi, özbekistonlik harbiylar 12 yillik tanaffusdan keyin yana uşbu öyinlarda iştirok etadilar. Özbekiston sönggi marta 2007 yilda Hindistonda ötgan IV Butunjahon harbiy öyinlarda iştirok etgan va 5 oltin, 2 kumuş, 5 bronza medal bilan Rossiya, Xitoy, Germaniya, Italiya, Ukraina va Keniyadan keyin 7-örinni egallagan edi.
Öyinlar dasturidan badminton, kamondan öq uziş, velosport, boks, golf, futbol, dzyudo, paraşyut sporti, öq uziş, suziş, triatlon, voleybol, stol tennisi, zamonaviy beşkuraş, ot sporti, qiliçbozlik, joyda möljalni oliş, sportça kuraş, harbiy-havo beşkuraşi, harbiy-dengiz beşkuraşi, harbiy beşkuraş va boşqa sport turlari örin olgan.
Birinçi Butunjahon harbiy öyinlar Rimda 1995 yilda bölib ötgan. Öyinlar har 4 yilda bir marotaba ötkaziladi. 2015 yilda Janubiy Koreyada ötgan oxirgi VI Butunjahon harbiy öyinlarda 117 davlatdan 7 ming harbiy 24 sport turi böyiça bellaşgan.
Taşkilotçilarning ta'kidlaşiça, uşbu öyinlar bir qator körsatkiçlar böyiça rekord öyinlar hisoblanadi. Jumladan, musobaqalarda 109 ta davlatdan 9308 harbiy iştirok etadi. Şuningdek, uşbu öyinlar tarixdagi eng katta kölamlisi böladi. Bundan taşqari, musobaqalar rekord sondagi 329 ta yönaliş böyiça bölib ötadi.
Öz navbatida, Uxan şahri meri Çjou Syanvan öyinlar vaqtida foydalaniladigan 54 ta sport obektidan 34 tasi aynan uşbu musobaqalar uçun qurilganini ma'lum qilgan. Asosiy obekt Uxan sport markazi bölib, unda öyinlarning oçilişi va yopilişi marosimlari ötadi. Butunjahon harbiy öyinlar tarixida ilk bor sportçilar uçun “Olimpiya qişloği” qurildi. Ta'kidlanişiça, taşkilotçilar musobaqalarga 26 ming köngillini jalb qilişgan.












