Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Şuningdek, 60 kişi yaralangan. Avvalroq portlaşda 17 kişi, keyinroq esa 31 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi.
“Pajvak” agentligi Xaska Mino tumanidagi masjid binosiga juma namozi vaqtida raketalar kelib urilganligi haqida xabar qilgandi.
“Kamida ikkita portlaş yuz bergan, oqibatda masjid tomi öpirilgan, köplab odamlar halok bölgan va yaralangan”, deb ma'lum qilgan viloyat kengaşi raisi Ahmad Ali jurnalistlarga.
Ayni vaqtda mamlakatda harakat qiluvçi ekstremistik guruhlardan birortasi uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.












