Yunusobod tumanida 240 mln sömlik firibgarlik holati foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, mahkama huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bölimi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda fuqaro X.A. fuqaro S.R.ga özini “F” MÇJ xodimi deb taniştirib, unga mazkur jamiyatga investitsiya sifatida mablağ kiritilsa katta miqdorda foyda olişi haqida işontirib, uning işonçiga kirib, 240 mln sömini qölga kiritib, firibgarlik yöli bilan özlaştirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan JKning tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlar ötkazilmoqda.












