Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2019 yil 22 oktyabrda bölib ötgan majlisida deputatlar qonun loyihalarini muhokama qiliş barobarida öz vakolatlaridan foydalanib, boşqa dolzarb masalalarni ham körib çiqdilar.
Qonunçilik palatasi xabariga köra, majlisda Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Aziz Abduhakimovga «Özbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam körsatişni yanada takomillaştiriş, xususan mintaqalararo «xospis»larni taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining parlament sörovini yuborişga qaror qildilar.
Şuningdek, parlament a'zolarining taklifiga binoan, Özbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga «Aholini iş bilan ta'minlaş doirasida mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş, fuqarolarning çet ellarda mehnat qilişiga doir qonun hujjatlarini takomillaştiriş, şuningdek taşqi mehnat migratsiyasi böyiça xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida vazirlik tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida»gi parlament sörovi yuboriladigan böldi.












