Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali 2019 yil 1 noyabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar yuz berişi haqida batafsil ma'lumot taqdim etdi.

Mobil qurilmalar röyxatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi mamlakat hududiga noqonuniy tarzda kirib kelayotgan mobil aloqa vositalari savdosiga çek qöyiş, foydalanuvçilarning şaxsiy telefonini yöqotiş yoki öğirlatiş holatlarini kamaytirişni nazarda tutgan qaroriga muvofiq Özbekiston hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan va işlab çiqariladigan mobil qurilmalar röyxatga olinadi.

Mobil qurilmalar IMEI kodlarini röyxatdan ötkaziş jarayoni uç bosqiçda ötkazilmoqda:

Ilk bosqiç — şu yilning 1 aprelidan boşlangan va bu 1 noyabrga qadar davom etadi. Unda barça mobil aloqa terminallari avtomatik tarzda bepul, foydalanuvçilarning iştirokisiz, faqatgina aloqa operatorlari tomonidan UZIMEI bazasiga ötkazilmoqda.

Ikkinçi bosqiç — bir oy davom etadi, ya'ni 1 noyabrdan 1 dekabrgaça. Bu muddat içida jismoniy şaxslar, import qiluvçilar va işlab çiqaruvçi korxonalar ham mobil qurilmalarni bepul röyxatdan ötkazişadi. Bu jarayon poçta aloqa bölimlari, SMS va USSD sörovlar, UZIMEI tizimi operatori va Özbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi.

Uçinçi bosqiç — 1 dekabrdan boşlanadi va pulli asosda röyxatga olinadi.

Pul qiymati qarorda belgilanganidek, import qiluvçilar uçun BHM (bazaviy hisoblaş miqdori)ning 20 foizi, işlab çiqaruvçilarga 10 foizi, jismoniy şaxslar uçun esa 30 kun davomida murojaat qilsa 20 foizi, bir oydan oşib ketsa 25 foizi miqdoridadir. Turistlar, vaqtinçalik Özbekistonga taşrif buyurganlar uçun esa 30 kun mobaynida bepul, undan oşsa 20 foizli tölov talab etiladi.

Hisoblagiçlar faqat DXM yoki YaIDXP orqali qiyoslovdan ötkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining 698-son 20.08.2019 qaroriga muvofiq 2019 yil 1 noyabrdan boşlab hisobga oliş uskunalarini qiyoslovdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi.

Hisobga oliş uskunalarini qiyoslaş davriyligi:

- yuridik şaxslar uçun – 4 yil;

- jismoniy şaxslar uçun – 8 yil.

Tutingan ota-onalarni tayyorlaş kurslari taşkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yildagi 824-sonli qaroriga köra,  yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi taşkil etayotgan fuqarolarni tayyorlaş maqsadida «Mehribonlik» uylari va bolalar şaharçalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlaş kurslari taşkil etiladi.

Tayyorlov kurslariga jalb etilgan öquv maşğulotlarini olib boruvçi mutaxassislarning mehnatiga haq tölaş amaldagi öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlariga muvofiq amalga oşiriladi.

Bunda iş haqi miqdori umumta'lim maktablarining oliy malaka toifali boşlanğiç va yuqori sinflari öqituvçilarining bazaviy lavozim maoşi miqdoriga tenglaştiriladi.

Suv xöjaligi vazirligi idora va taşkilotlari xodimlarining iş haqi oşadi

Prezidentning 09.10.2019 yildagi PQ-4486-sonli qaroriga muvofiq suv xöjaligi vazirligi idora va taşkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019 yil 1 noyabrdan 1,1 va 2020 yil 1 yanvardan 1,2 miqdorda tuzatiş koeffitsiyentini qöllaş hisobiga ularning iş haqi oşiriladi.

Yuqori turistik salohiyatli fuqarolar yiğinlarining röyxati tuziladi.

Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5781-son farmoniga muvofiq turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi eng yuqori turizm salohiyatiga ega bölgan fuqarolar yiğinlari röyxatini şakllantiradi. Şuningdek, uşbu fuqarolar yiğinlari hududlarida 20tadan kam bölmagan oilaviy mehmon uylari taşkil etilganda va turistlar uçun kamida beş xil xizmat turlari körsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qişloği» yoki «Turizm ovuli» maqomini beradi.