Biznesning elektr va gazga oldindan tölovi 15 foizga tuşiriladi

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimlariga ulangan tadbirkorlik subyektlari uçun avans tölovi miqdori 100 foizdan 15 foizga tuşiriladi. Bu davlat rahbarining tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga oid prezident farmonida belgilangan.

Hujjatga köra, 2026-yil 1-noyabrdan boşlab, elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimlariga ulangan, masofadan öçiriş (yoqiş) imkoniyatiga ega hisoblagiçi bölgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

• elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik isteʼmoli uçun oldindan tölanadigan haq miqdori 15 foiz etib belgilanadi (oxirgi ikki oy davomida tölov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno);

• elektr energiyasi va gaz sarfi töğrisidagi yozma hisobotlarni hududiy elektr va gaz taʼminoti korxonalariga topşiriş majburiyati bekor qilinadi.

1-noyabrdan eʼtiboran, şuningdek, isteʼmolçilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlaş böyiça xizmatlar körsatiş şartnomalarini elektron tuziş orqali ularni qoğozda rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi.

SMS-reklamalar tartibga solinadi

2026-yil 1-noyabrdan boşlab şaxsning yozma yoki elektron ruxsatini olmay turib uning telefon raqamiga SMS şaklida tovar va xizmatlar taklifini (reklamasini) yuboriş taqiqlanadi. Bu haqda prezidentning tegişli qarorida belgilab qöyilgan.

Qarorda Özbekistonda reklama sohasidagi ayrim munosabatlar isteʼmolçilar manfaatida tartibga solinişi nazarda tutilgan.

Hujjatga köra, fuqarolarning reklama qönğiroqlari va xabarnomalariga oid huquqlari himoyasini kuçaytiriş maqsadida 2026-yil 1-noyabrdan boşlab:

• mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yöli bilan tovar (iş, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvçi har qanday yuridik va jismoniy şaxslar faqat şaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan söng uşbu harakatlarni (reklamani) amalga oşiradi;

• mobil aloqa vositalariga reklama qönğiroqlari va SMS-xabarnomalarni jönatiş xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar özlarining axborot tizimlarini Şaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazgandan keyin tegişli xizmatlarni körsatişiga yöl qöyiladi;