Tadbirkorlar himoyasida yangi bosqiç, Söxda şifokorlarga ustama va kamyob hayvonlarga ov taqiqi: 1 avgustdan nimalar özgaradi?
|15:54 / 28.07.20262 80610 min
Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq 2026 yil 1 avgustdan boşlab Özbekiston qonunçiligida kuçga kiradigan ayrim normalarni eslatib ötadi.
Mehnat nizolari böyiça alohida sudyalar iş boşlaydi
2026 yil 1 avgustdan boşlab mehnat nizolarini körişga ixtisoslaşgan sudyalar faoliyati yölga qöyiladi. Bu Oliy sud rayosatining “Fuqarolik işlari böyiça sudlarda mehnat nizolarini körişga ixtisoslaşgan sudyalar korpusini şakllantiriş haqida”gi qarorida keltirilgan.
Hujjatga muvofiq, fuqarolik işlari böyiça sudlarning mavjud ştat birliklari doirasida 2026 yil 1 avgustdan mehnat nizolarini körişga ixtisoslaşgan sudyalar faoliyat yuritadi.
Yangi tartibga köra, Oliy sudning fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atida mehnat nizolari böyiça 4 nafar sudya faoliyat körsatadi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlarining fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atlarida 3 nafardan ixtisoslaşgan sudya işlaydi.
Tumanlararo va şahar sudlarida ham mehnat nizolarini köriş uçun alohida sudyalar ajratiladi. Jumladan, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarşi, Karmana, Namangan, Termiz, Farğona va Urganç tumanlararo sudlarida 2 nafardan, Samarqand şahar sudida 2 nafar, Kattaqörğon, Örta Çirçiq va Yangiyöl tumanlararo sudlarida 1 nafardan, şuningdek, Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek, Mirobod, Şayxontohur, Uçtepa va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida 2 nafardan sudya mehnat nizolariga ixtisoslaştiriladi.
Qarorga asosan, 2026 yil 1 avgustdan keyin sudlarga kelib tuşgan mehnat nizolariga oid barça arizalar aynan ixtisoslaşgan sudyalar örtasida taqsimlanadi.
2026 yil 31 iyulgaça sudlarga kelib tuşgan, şu jumladan, iş yurituviga qabul qilingan işlar avvalgi tartib asosida körib çiqilib, yakunlanadi.
Kamyob hayvonlarni ovlaş taqiqlanadi
2026 yil 1 avgustdan 2028 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda kamyob va yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgan yovvoyi hayvonlarni ov qiliş taqiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorida keltirib ötilgan.
Röyxatga 66 turdagi hayvon kiritilgan. Ular orasida sut emizuvçilardan qoplon, sirtlon, qor qoploni, Turkiston silovsini, Buxoro buğusi, börsiq, jayra va boşqa hayvonlar bor.
Mavzuga oid
Qayd etilişiça, uşbu çeklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqçilik pitomniklari va hovuz xöjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetiştirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ov qiliş, şuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalaniş uçun ov qilişga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yovvoyi hayvonlarni tutişga doir kvotalarni şakllantiriş va taqsimlaşda ov qiliş taqiqlangan kamyob va yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan kvota ajratilişiga yöl qöyilmaydi.
2026 yil 1 avgustdan boşlab ovçilar uçun muqobil maşğulot sifatida öq otiş sportiga ixtisoslaştirilgan maşq poligonlarida tasdiqlangan reja-jadval asosida mas’ul şaxslar hamda instruktorlar iştirokida maşğulotlar ötkazilişi ta’minlanadi. Bunda maşğulotlarda belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan ov quroli yoki maşq poligonlari tomonidan ijara asosida taqdim etilgan sport qurollaridan foydalanişga ruxsat beriladi.
Şuningdek, hujjatda 2026 yil 1 avgustdan boşlab 2030 yil 1 yanvarga qadar respublikaning markaziy şaharlaridan oqib ötuvçi daryo va soylar har yili jami 15 tonnadan kam bölmagan miqdorda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan röyxat asosida çavoqlantirilişi belgilangan.
Ayrim issiqxonalarga çeklov kiritiladi
2026 yil 9 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida issiqxona xöjaliklarini yanada rivojlantiriş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilingandi.
Hujjat bilan Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududlarida joylaşgan issiqxona xöjaliklarini iqlim özgarişiga moslaştiriş, Surxondaryo viloyatining iqlim şaroiti qulay hududlariga köçiriş, ularning faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaş va zamonaviy issiqxona infratuzilmasini barpo etiş orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş hamda energiya taqsimotini samarali amalga oşiriş maqsad qilingan.
Qarorga köra, Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlarida atmosfera havosi sifatini yaxşilaş maqsadida 2026 yil 1 avgustdan boşlab mavjud issiqxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini qayta körib çiqiş va ularni şaharsozlik hamda ekologik talablarga moslaştiriş maqsadida ayrim çeklov va oşirilgan tariflar joriy etiladi.
Xususan, issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib beriş töliq töxtatiladi va mavjud şartnomalar belgilangan tartibda gaz ta’minoti taşkilotlari tomonidan bekor qilinadi. Şuningdek, issiqxonalar tomonidan iste’mol qilinadigan suv resurslari uçun tölovlar (soliq stavkasi) sanoat korxonalari uçun belgilangan eng yuqori tariflarning 5 baravari miqdorida hisoblanadi.
Bundan taşqari, 2026 yil 1 avgustdan boşlab issiqxonalarda yoqilği sifatida kömir, şinalar, bitum, mazut, plyonka, sintetik karton, rezina, jun tolasi hamda şunga öxşaş komponentlarni öz içiga olgan materiallarni yoqiş natijasida atrof tabiiy muhitni ifloslantirgani va çiqindilar joylaştirgani uçun kompensatsiya tölovlari yigirma baravarga oşirilgan holda qöllanadi va mazkur tadbirkorlik sub’yektiga berilgan ekologik ekspertiza xulosasi qayta körib çiqiladi.
Tadbirkorlar himoyasi yangi bosqiçga kötariladi
Davlat rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralaşuvlarni çeklaş va nazorat tadbirlarining şaffofligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan tadbirkorlar himoyasida yangi talablar belgilandi.
Hujjat bilan, 2026 yil 1 avgustdan quyidagilar joriy etilmoqda:
· nazorat qiluvçi va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mansabdor şaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari örtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga oliş tartibi;
· “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ötkaziladigan barça tekşiruvlarni, şu jumladan, qözğatilgan jinoyat işlari doirasida ötkaziladigan tekşiruvlar va profilaktika tadbirlarini röyxatga olişni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olişni ta’minlovçi “Biznes himoya” QR-kodi.
Şuningdek, 2026 yil 1 avgustdan boşlab:
- davlat nazorati tartibotlarini raqamlaştiriş va şaffofligini oşiriş doirasida:
· tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekşirişda iştirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirişadigan davlat xizmatçilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanişlari majburiy etib belgilanadi;
· “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekşiriş huquqini beruvçi maxsus guvohnomalarning elektron şaklini yuritiş orqali uni qoğoz körinişida rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi;
- “Biznes himoya” QR kodini joriy etiş doirasida:
· tadbirkorlik sub’yekti tomonidan nazorat qiluvçi organ mansabdor şaxsiga Tekşiruvlarni röyxatga oliş elektron kitobini taqdim etiş tartibi bekor qilinadi;
· nazorat qiluvçi organ mansabdor şaxsi tadbirkorlik sub’yekti faoliyatida tekşiruv ötkazişdan oldin «Yagona davlat nazorati» axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkorlik sub’yektidagi “Biznes himoya” QR kodini skanerlaş orqali tekşiruvni röyxatga oladi;
- davlat xizmatçilari “Biznes himoya” QR kodi orqali tekşiriş yoki muloqot haqidagi ma’lumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik sub’yektlari davlat xizmatçisini tekşiruv ötkaziş uçun öz hududiga qöymaslik va muloqotga kirişmaslik huquqiga ega.
Boşqa özgarişlar
2026 yil 1 avgustdan boşlab:
· transport vositalarini saqlaş joylaridan çiqarib yuboriş böyiça ruxsatnomani faqat ma’muriy işni körib çiquvçi organ (mansabdor şaxs) va ijro organi tomonidan “Jarima maydonçasi” axborot tizimida QR kod bilan tasdiqlaş va elektron tarzda yuboriş tartibi joriy etiladi;
· davlat organlari va taşkilotlarining arxiv işiga oid barça ma’lumotlari va hujjatlari Arxiv axborot tizimida şakllantiriladi va yuritiladi (davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar bundan mustasno);
· zamonaviy suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan sanoatlaşgan boğlarda burğilangan quduqlardan olingan suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi beş yil muddatga 1 söm miqdorida belgilanadi;
· Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi tomonidan karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya nazoratini amalga oşirişda xavflarni boşqarişga asoslangan tanlab olişning avtomatlaştirilgan mexanizmi joriy qilinadi;
· xavfli işlab çiqariş ob’yektlari va texnik qurilmalaridan foydalanişdagi huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasiga uning axborot tizimi orqali foto va (yoki) videomateriallar körinişida taqdim qiliş, ularni körib çiqiş hamda taqdim etgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi joriy etiladi;
· ayrim davlat arxivlari funksiyalari töliq raqamlaştirilgan holda amalga oşiriladi;
· Söx tumani markaziy şifoxonasi va köp tarmoqli markaziy poliklinikasida faoliyat yuritayotgan barça şifokorlar oylik iş haqiga (1,0 stavka hisob-kitobidan) qöşimça 2 mln söm miqdorida har oylik ustama belgilanadi;
· 2030 yil 1 avgustga qadar baliqçilik xöjaliklariga Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan davlat byudjyeti mablağlari hisobidan moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari körsatiladi;
· “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransport vositalarini topşirgan jismoniy va yuridik şaxslarga yangi transport vositalarini xarid qiliş uçun avtokredit foizining bir qismini qoplab beriş amaliyoti yölga qöyiladi.