Oşadigan pensiya, yoşlarga yangi dastur va “kvartplata”dan qarzdorlarga “jazo”: 1 iyuldan nimalar özgaradi?
|14:45 / 30.06.20268 43517 min
Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq 2026 yil 1 iyuldan boşlab Özbekiston qonunçiligida kuçga kiradigan ayrim normalarni eslatib ötadi.
Pensiya va nafaqalar oşadi
Prezident farmoni bilan, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam tölovlari miqdorlari 7 foizga oşiriladi.
Bunda:
· yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983000 söm;
· nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 söm;
· ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
– 3 yoşgaça bölgan 1 ta kiçik farzandi uçun – 386 000 söm;
– 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 1 ta farzandi uçun – 295 000 söm;
– oilaning 2-farzandi uçun qöşimça – 177 000 söm;
– oilaning 3– va undan keyingi har bir farzandi uçun qöşimça – 118 000 söm;
· ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uçun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 söm etib belgilandi.
2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 söm etib belgilandi.
Şuningdek, farmonda 2026 yil1 sentabrdan budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oşirilişi nazarda tutilgan. 2026 yil 1 sentabrdan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga
Mavzuga oid
1 360 000
söm, bazaviy hisoblaş miqdori –
440 000
söm böladi.
“Yettilik”ning “qöli uzaymoqda”
Davlat rahbarining 2026 yil 24 iyunda qabul qilingan farmoni bilan mahalla boşqaruvini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar belgilandi. Hujjatga köra, 2026 yil 1 iyuldan mahallalar boşqaruvi tizimida qator yangiliklar joriy etiladi.
1 iyuldan Özbekiston mahallalari uyuşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar boşqarmalari hamda tuman (şahar) bölimlariga mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qiliş, mas’ul idoralar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, hududiy dasturlarni işlab çiqiş va ularning ijrosini nazorat qilişda iştirok etiş huquqi berilmoqda.
Şuningdek, mahallada birinçi marta ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga nisbatan sud-tergov organlari yengillik qöllagan taqdirda, «mahalla yettiligi» ularni qayta tarbiyalaş, kasbga örgatiş, bandligini ta’minlaş va ta’limga yönaltiriş uçun mas’ul böladi.
Agar kafillikka olingan şaxs uç yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, uning ijobiy tarbiyasida faol iştirok etgan «mahalla yettiligi» a’zolarini qöşimça rağbatlantiriş çoralari köriladi.
Farmon bilan, şuningdek, mahallalar uyuşmasining tuman (şahar) bölimi boşliqlariga «mahalla yettiligi» faoliyatiga noqonuniy aralaşuv yoki ularni xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qiliş holatlari yuzasidan tuman (şahar) hokimlariga taqdimnoma kiritiş vakolati ham berildi.
Yoşlar uçun yangi dastur
1 iyuldan davlat xizmatiga yoşlarni qabul qiliş jarayonlarida oçiqlik va şaffoflikni oşirişga qaratilgan qator yangiliklar kuçga kiradi. Bu haqda prezidentning tegişli qarorida belgilab qöyilgan.
Hujjatga köra, yoşlarni davlat xizmatiga qabul qilişda tanlovning suhbat bosqiçida beriladigan savollar davlat organining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin e’lon qilinişi şart böladi. Bir oy oldin e’lon qilinmagan savollarni nomzodlarga beriş taqiqlanadi.
Şuningdek, içki tanlovlar ötkazilmaydigan hamda tanlovlarda nomzodlar uçun umumiy yoki maxsus iş staji talab etilmaydigan lavozimlar röyxati tasdiqlanadi.
Bundan taşqari, iş staji talab qilinadigan lavozimlar uçun ham çeklov belgilanib, nomzodlardan köpi bilan ikki yillik umumiy yoki maxsus iş staji talab qilinişi mumkin böladi.
Uşbu yangi tartib yoşlar uçun davlat xizmatiga kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş, tanlov jarayonlarini yanada şaffof va adolatli taşkil etişga qaratilgan.
Bundan taşqari, qaror bilan 2030 yilga qadar 20 ming nafar yoşlarni tadbirkorlikka öqitişga möljallangan Yoşlar işlari agentligining “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi işga tuşiriladi.
Unga köra:
· mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) hamda xususiy sektor bilan şartnoma asosida hamkorlik qilinadi, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida öqitiş uçun yoşlar saralab olinadi;
· dastur doirasida biznes loyihasini işlab çiqiş, sotuvga çiqiş va bozorni kengaytiriş kabi yönalişlarni qamrab oluvçi tadbirkorlik asoslari böyiça bilimlar berib boriladi;
· loyiha yakunida yoşlarning bilimlari sinovdan ötkazilib, ijobiy özlaştiriş körsatkiçlariga erişgan eng yaxşi 1 ming nafar yoşlarga Yoşlar işlari agentligining sertifikati beriladi;
sertifikatga ega bölgan yoşlarga BHMning 500 baravarigaça miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgaça muddatga ssuda ajratiladi.
Madaniyat sohasi vakillariga imtiyozlar
Davlat rahbarining tegişli farmoni bilan 1 iyuldan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga bir qator imtiyozlar berilmoqda.
Hujjatga köra, 2026 yil 1 iyuldan boşlab Özbekiston fuqarolariga milliy çolğu asboblarini sotib oliş xarajatlarining 30 foiz qismi davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Şuningdek, 1 iyuldan boşlab ijodiy birlaşmalarning tavsiyasi asosida davlat budjeti mablağlari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab beriş yölga qöyiladi:
· har yili 1 ming nafargaça davlat budjeti mablağlari hisobidan davolaniş böyiça imtiyozga ega bölmagan, biroq öz faoliyatida yaxşi natijalarga erişgan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga yuqori texnologik operatsiyalarni ötkaziş;
· har yili 2 ming nafargaça madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga suğurta mukofoti bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan ortiq bölmagan ixtiyoriy tibbiy suğurta badallari uçun xarajatlarning 50 foizini qoplab beriş;
· har yili 100 nafargaça sohada kamida 10 yil işlagan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi sanatoriylarida bepul davolaniş.
2026 yil 1 iyuldan korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş maqsadida “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida işga tuşiriladi.
Mazkur tizim korrupsiyaning oldini oliş sohasidagi hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan bölib, korrupsiyaning oldini oliş klasteri iştirokçilari örtasida tezkor axborot almaşinuvini ta’minlaydi.
Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlari “Raqamli komplayens” bilan integratsiya qilinib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatini axborot jihatdan qöllab-quvvatlaş imkoniyati yaratiladi. Tizim tarkibidagi E-Komplaens modulini işga tuşiriş orqali esa davlat organlari va taşkilotlaridagi korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari faoliyati töliq raqamlaştiriladi.
Bundan taşqari, 2026 yil 1 iyuldan boşlab davlat organlari va taşkilotlarida 2030 yilgaça bosqiçma-bosqiç korrupsiyaga qarşi Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimi joriy etiladi.
Bunda:
· uşbu tizim birinçi navbatda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimi natijalariga köra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va taşkilotlarida joriy etiladi;
· davlat organlari va taşkilotlarida Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimini joriy etiş agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi;
· Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmagani davlat organi yoki taşkiloti rahbari va örinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar bölgan muddatda barça rağbatlantiriş tölovlari töxtatib turilişiga sabab böladi.
“Kvartplata”dan qarzdorlar “svet”ga pul tölolmaydi
2026 yil 1 iyuldan boşlab turar joy mulkdori köp kvartirali uyning bank hisobvarağiga majburiy tölovni (kvartplata) oyning 15-sanasiga qadar amalga oşirmasa, uning elektr energiyasi uçun tölovlarini qabul qiliş qarzdorlik töliq qoplangunga qadar töxtatib qöyiladi. Bu haqda prezidentning 5 fevraldagi köp kvartirali uylarni boşqariş tizimini takomillaştirişga oid qarorida belgilangan.
Köp kvartirali uyning bank hisobvarağidagi mablağlar har oyda, birinçi navbatda, uyning elektr energiyasi tölovi uçun (pod’yezd, zinapoya, yölakni yoritiş, lift işlaşi, uy atrofidagi hududni yoritiş, nasos va boşqa umumiy uy ehtiyojlari uçun) yönaltiriladi.
Bundan taşqari, mulkdor tomonidan majburiy tölovlar keçiktirilgan har bir kun uçun tölov summasidan penya (jarima) hisoblanadi. Bu yuridik şaxslar uçun 0,4 foizni, jismoniy şaxslar uçun 0,1 foiz qilib belgilangan.
Bunda penya miqdori har bir oy uçun keçiktirilgan tölov summasining 50 foizidan oşib ketmasligi kerak. Hisoblangan penya mablağlari teng uluşlarda köp kvartirali uyning bank hisobvarağiga hamda «Mening uyim» tizimini saqlaş xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.
Ta’kidlanişiça, majburiy tölovlar faqat bank kartalari, elektron tölov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oşiriladi.
Boşqa özgarişlar
2026 yil 1 iyuldan boşlab:
· Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid çeklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali röyxatdan ötkazgan fuqarolar uçun yutuqli öyinlar yölga qöyiladi;
· Fransiyaga qisqa muddatli viza uçun hujjat topşirişga navbat olişning yangi tizimi joriy etiladi;
· Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat böysunuvidagi şaharlarda xususiylaştiriladigan davlat köçmas mulk obektlarini realizatsiya qiliş şartlari mazkur obektlardan kelgusida foydalaniş ixtisosligini belgilaş maqsadida tegişli şaharlar hokimlari bilan kelişiladi;
· 2028 yil 1 yanvarga qadar öqituvçi va işlab çiqariş ta’limi ustalariga — xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy ta’limga oid sertifikatlarni, şuningdek, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat asosida milliy sertifikatlarni oliş uçun sarflangan mablağlarning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratiladi;
· eskirgan boğlarni yaroqsiz deb topiş, ular örnida sanoatlaşgan boğlar barpo etiş yoki haydaladigan yerlar turiga ötkaziş töğrisida xulosani qabul qiliş vakolati Agrosanoatni rivojlantiriş agentligiga hamberiladi;
· obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaş “bitta ariza — bir tölov — barça ulaniş nuqtalari” tamoyili asosida kompozit şaklda amalga oşiriladi;
· kameral soliq tekşiruvi talabnomasiga tuşuntirişlar va (yoki) tuzatişlar taqdim etilganda soliq tölovçilarning banklardagi hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni faollaştiriş jarayoni töliq avtomatlaştiriladi;
· 2030 yil 1 yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan sun’iy uruğlantiriş hamda embrionlarni köçirib ötkaziş orqali olingan har bir boş nasldor buzoq uçun Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;
· Sud boşqaruvçilari palatasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti hamda qonunçilikda belgilangan talablarga javob beradigan boşqa ta’lim muassasalariga sud boşqaruvçilarini tayyorlaş huquqi beriladi;
· Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi “Tibbiyot taşkilotlarini litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş markazi” davlat muassasasi tibbiy faoliyatni litsenziyalaş böyiça işçi organ sifatida Soğliqni saqlaş vazirligi nomidan litsenziya beriş hamda litsenziyalaş bilan boğliq boşqa barça funksiyalarni amalga oşiradi;
· nodavlat tibbiyot taşkilotlariga davlat tibbiy suğurtasi hamda litsenziya doirasida barça yönalişlarda bemorlarga davlat budjeti mablağlari hisobidan tibbiy xizmatlarni körsatişga ruxsat beriladi. Bunda davolaş xarajatlari davlat va nodavlat tibbiyot taşkilotlari uçun yagona bazaviy narxlar asosida qoplab beriladi;
· vazirlik va idoralar, davlat taşkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat iştirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inşootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega böliş talabi kiritiladi;
· “Ğamxörlik” markazlariga joylaştirilgan nogironligi bölgan şaxslarni tegişli hududdagi oilaviy poliklinikalarga biriktiriş hamda ularga birlamçi va ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlarni Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida kafolatlangan paket doirasida körsatib boriş tizimi yölga qöyiladi;
· tajriba tariqasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida bittadan “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi amalga oşiriladi;
· “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi işga tuşiriladi;
· 2028 yil 1 iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan jismoniy şaxslarning şaxsiy ehtiyojlari uçun möljallangan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali çakana sotiş uçun ularni vaqtinça saqlaşga möljallangan yangi turdagi erkin ombor — bond ombori faoliyati taşkil etiladi;
· muddatli harbiy xizmatni ötab bölgan hamda oliy ta’lim taşkilotlarida öqiş istagini bildirgan yoşlarga xorijiy til va fan sertifikati xarajatlarini “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmalari mablağlari hisobidan qoplab beriş amaliyoti yölga qöyiladi;
· issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlaşda issiqxonalardagi muvofiqlik sertifikati mavjud bölmagan hamda yoniş jarayoni nazorat qilinmaydigan qozonlardan foydalaniş amaliyoti bekor qilinadi;
· “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarida ötkaziladigan tekşiruvlarni bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oşiriş tartibi joriy etiladi;
· vositaçi-broker va (yoki) dilerlarga işlab çiqaruvçilar bilan şartnoma tuziş orqali ular tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotiş huquqi beriladi;
· Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bölgan jismoniy şaxslarga qonunçilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilişda tölangan qöşilgan qiymat soliği summasi bir iş kunida qaytariladi. Bunda uşbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid çekining fiskal belgisini matritsali ştrix kod (QR-kod) yordamida skanerlaş talab etilmaydi;
· Avtomobil yöllari qömitasi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda avtomobil yöllari quriliş jarayonlari doirasida kosmik tasvirlar va dronlar yordamida quriliş hamda moliyalaştiriş hajmlarini soliştiriş asosida monitoring qiliş amaliyotini yölga qöyadi;
· şaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qiliş vakolatiga ega taşkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini şaharsozlik ekspertizasidan ötkazişda ularning qurilişda foydalaniladigan quriliş materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador quriliş materiallari taşkil etişiga oid talabni tekşiriş amaliyoti joriy qilinadi;
· 31 dekabrga qadar Toşkent şahrida eksperiment tariqasida dafn etiş işlari qabriston mudiri (nazoratçisi) tomonidan vafot etgan şaxslarni dafn etişga ruxsat beriş faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oşiriladi;
· Milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi işga tuşiriladi;
· Ekologiya qömitasi faoliyati samaradorligini oşiriş maqsadida uning xodimlariga maxsus unvonlar uçun ustamatölanadi;
· Toşkent şahrida köp kvartirali uylarda umumiy yiğiliş ötkazişni taşabbus qiliş, ötkaziş va qaror qabul qiliş, şartnomalarni tuziş, boşqaruvçilar tomonidan hisobotlarni taqdim qiliş, murojaatlarni qabul qiliş va ularni körib çiqiş faqat «Mening uyim» ABTda amalga oşiriladi. 2027 yildan boşlab mazkur tartib respublikaning barça hududlariga tatbiq etiladi.