Çeklovlar mudofaa va energetika vazirliklari hamda mudofaa vaziri Xulus Akar, energetika vaziri Fotih Dönmas va içki işlar vaziri Sulaymon Söyludan olib taşlangan.

Turkiya vazirliklari va amaldorlari Anqara Suriyada “Tinçlik buloği” operatsiyasini boşlaganidan söng sanksiyalar röyxatiga kiritilgandi.  

Operatsiya boşlangan kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğanga maktub yozib, operatsiya töxtatilmaydigan bölsa, Turkiya iqtisodiyotini sanksiyalar orqali yakson qilib taşlaşini yozgandi.

22 oktabr kuni Turkiya prezidenti “Tinçik buloği” operatsiyasi töxtatilişini ma'lum qilganidan söng Tramp sanksiyalarni olib taşlaşga va'da berdi.