Toşkentda Özbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qömitasining Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça kiçik qömitasi 6-majlisi bölib ötdi. 

Tomonlar Özbekiston Respublikasi va Xitoy örtasida 2017 yilda imzolangan xalqaro avtomobil transporti töğrisidagi hukumatlararo bitim bajarilişini yanada rağbatlantiriş lozimligi, avtomobilda yuk taşuvlari rentabelligini oşiriş borasida «Toşkent-Andijon-Öş-Qaşğar» avtomobil koridori imkoniyatlaridan töliq foydalaniş muhimligini qayd etib ötişdi. 

Şuningdek, «Irkeştom» va «Xorgos» (XXR) çegara bojxona postlarining hafta davomida dam oliş kunlarisiz faoliyat körsatişini taşkil etiş, paritet asosida yuk avtomobillari haydovçilariga köp marotabali vizalar beriş, Xitoy-Tojikiston-Özbekiston xalqaro avtomobil yölagini oçiş yuzasidan hamkorlikdagi işlarni yanada kuçaytiriş kabi masalalar muhokama etildi.

Fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik natijalarini faol ravişda kuçaytiriş maqsadida tomonlar 2020 yilda ikki mamlakat aviatsiya ma'murlari örtasida maslahatlaşuvlar ötkaziş, aviatsiya töğrisidagi kelişuvlarni yanada kengaytiriş, şuningdek, temir yöl sohasida konteyner taşuvlarini rivojlantiriş, özaro foydali koridorlarni yaratiş, tariflarning şakllantirilişi bilan boğliq masalalarni muhokama qiliş maqsadida Xitoy milliy temir yöl operatori, «Özbekiston temir yöllari» AJ va boşqa tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda uçraşuv ötkazişga kelişib olindi.