Josuslikda ayblangan rossiyalik Mariya Butina AQŞda turmadan ozod etilib, AQŞ immigratsiya xizmati xodimlariga topşirildi.
Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Anatoliy Antonov jurnalistlarga Butinaning Moskvaga 26 oktyabrda qaytişini ma'lum qilgan.
“Qurol uçun huquq” jamoatçilik harakati asosçisi bölgan Butina 2018 yil 15 iyulda AQŞda josuslik va Rossiya agenti sifatida faoliyat yuritiş gumoni bilan hibsga olingan. AQŞ adliya vazirligi unga AQŞda “xorijiy agent sifatida işlaş” ayblovini qöygan.
Butina Rossiya hukumati manfaati yölida til biriktirişda ayblangan. U Rossiya manfaatlarini ilgari suriş uçun ameriklik siyosatçilarning Moskva bilan norasmiy kanalini yölga qöyişga harakat qilgan.
2019 yil aprelda Butina 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. U jazo muddatining 9 oyini tergov borayotgan vaqtda ötkazgan.












