Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari Botir Usmonov Nukus şahrida ötayotgan «Orolböyi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyasi hududi» xalqaro konferensiyasida Özbekistonning 2019-2030 yillarda «yaşil» iqtisodiyotga ötiş strategiyasi haqida ma'lumot berdi.
«Ekologiya xavfsizligini ta'minlaş – «yaşil» iqtisodiyotning muhim qismi hisoblanadi. Bu Orolböyi mintaqasida juda ahamiyatli. Sönggi yillarda Özbekiston iqtisodiy ösiş va atrof muhit muhofazasida muvozanat bölişiga intilmoqda. Bu ekologik toza, energiya, suv va boşqa tabiiy resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalarni joriy qilişda öz aksini topyapti.
Hozirgi kunda 60 mln aholiga ega Markaziy Osiyodagi eng katta muammolardan biri – Orolning qurişi hisoblanadi. Bu hududning barqaror ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanişi, aholining salomatligi uçun xavf solmoqda.
Barqaror iqtisodiy ösişni ta'minlaş uçun atrof muhit muhofazasi muhim omillardan biri hisoblanadi. Sönggi yillarda Özbekiston Orolböyi hududida bir neça katta loyihalarni bajardi: Orol dengizining qurib qolgan hududida, umumiy maydoni 700 ming gektar yerda bir neça 10 ming ösimliklar ekildi. Orolböyi muammosining salbiy oqibatlarini pasaytiriş maqsadida 500dan ortiq loyihalar amalga oşirildi. Şuningdek, 2018-2021 yillarda Orolböyi hududini rivojlantiriş böyiça dastur qabul qilindi.
Özbekistonda 2019-2030 yillarda «yaşil» iqtisodiyotga ötiş konsepsiyasi bor. U quyidagi vazifalarni öz içiga oladi:
- Suv ta'minoti xarajatlarini pasaytiriş, suvdan foydlaniş samaradorligini oşiriş;
- Aholi va iqtisodiyot sohalarini işonçli va arzon energota'minotga ötişini ta'minlaş;
- Havoga çiqarilayotgan issiqxona gazlarini 2010 yilgi YaMM darajasidan 10 foizga qisqartiriş;
- Sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiya qiliş;
- Energiyaning muqobil manbalaridan foydalaniş;
- Energosamaradorlikni kamida 20 foizga oşiriş.

















