Boş prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga köra, tezkor tadbir uning Qonliköl tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tadbirda Nukus şahridagi maktabgaça taʼlim muassasasi direktori K.R. fuqaro G.R.ni logoped vazifasiga işga qabul qilganlik evaziga olinişi közda tutilgan 20 million sömni direktor örinbosari R.K. xizmat xonasida olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentga köra, örinbosar pulni direktorning topşiriği asosida olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi - pora oliş bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.