Özbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Nukus şahridagi «RK-1» qozonxonasi kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilinadi. Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilib, şaharning markazlaşgan issiqlik ta’minoti tizimini yangilaşni nazarda tutadi.
Loyiha doirasida kogeneratsiya qurilmasi orqali bir vaqtning özida elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqariş yölga qöyiladi. Natijada energiya resurslaridan samarali foydalaniş, tabiiy gaz sarfini qisqartiriş, atmosferaga çiqariladigan zararli çiqindilarni kamaytiriş hamda issiqlik ta’minoti tizimining işonçliligini oşiriş közda tutilgan.
Qarorga köra, loyiha doirasida 28 kilometr issiqlik tarmoqlari quriladi, 189 ta individual issiqlik punktlari örnatiladi. Şuningdek, kogeneratsiya qurilmasida 21,5 MVt elektr energiyasi va 52,5 Gkal issiqlik energiyasi işlab çiqariş rejalaştirilgan. Bu orqali 10 320 nafar aholi elektr energiyasi, 22 880 nafar aholi esa markazlaşgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olinadi.
Hujjat bilan loyihani amalga oşirişning ustuvor vazifalari, mas’ul taşkilotlar, davlat-xususiy şeriklik şartlari hamda bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladigan çora-tadbirlar belgilandi. Loyihaning yakuniy maqsadi Nukus şahrida zamonaviy, tejamkor va barqaror issiqlik ta’minoti tizimini şakllantirişdan iborat.

















