28-29 oktabr kunlarida Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida 3ta yöl-transport hodisasi röy berdi va 2 kişi halok böldi. Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur YTHlar oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatilayotgani haqida xabar berdi.

28 oktabr kuni soat taxminan 19:55da Surxondaryo viloyati Şerobod tumani «Gurin» MFY hududida «Kamaz» va «Matiz» avtomobillari töqnaşişi natijasida 4 kişi turli darajada jarohatlangan. Uşbu holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Yöl-transport hodisasi oqibatida jarohatlangan 4 nafar bemor - 1982 yilda tuğilgan X.B. «Boş miya yopiq jarohati, ikkala oyoq sinişi» taşxisi, 1982 yilda tuğilgan S.M., 2010 yilda tuğilgan L.R. hamda 2013 yilda tuğilgan M.R. «Boş miya yopiq jarohati» taşxislari bilan Şerobod tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan. Bemorlar malakali şifokorlar tomonidan körikdan ötkazilib, zamonaviy davolaş standartlari asosida tibbiy yordam körsatilmoqda.

29 oktabr kuni soat taxminan 00:45da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Şarğun» MFY hududida «Kamaz» rusumli avtomobil yöldan çiqib ketişi oqibatida yöl-transport hodisasi yuz bergan. Natijada 4 nafar fuqaro jarohatlangan. Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. 1990 yilda tuğilgan A.D. voqea joyida vafot etgan.1993 yil tuğilgan N.A. ham birinçi tibbiy yordam körsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Qolgan ikki nafar fuqaro - 1987 yil tuğilgan A. D. «Boş miya yopiq jarohati, tananing kompulaksion sinişi» taşxisi hamda 1990 yilda tuğilgan N.G. «Boş miya yopiq jarohati, çap çanoq peşona yuz, ikkala qöl kaft va tizza sohalari ezilgan va şilingan jarohati» taşxisi bilan oğir ahvolda Sariosiyo tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan. Ularga zamonaviy davolaş standartlari asosida tezkor va malakali tibbiy yordam körsatilmoqda.

28 oktabr kuni soat taxminan 20:00da Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidan ötgan «M-39» yölida «Damas» va «Jiguli» avtomobillari töqnaşişi natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan. 1996 yilda tuğilgan A.G. «Boş miya lat yeyişi, qorin böşliği a'zolarining yopiq şikastlanişi» taşxisi, 1985 yil tuğilgan Ş.J. «Boş miya çayqalişi» taşxisi, 1992 yilda tuğilgan J.E. «Boş miya lat yeyişi, pastki jağ suyagining yopiq sinişi, qorin böşliği a'zolarining yopiq şikastlanişi» taşxisi hamda 1985 yilda tuğilgan S.M. esa «Oçiq kalla miya şikastlanişi, ikkala son bölaklanib sinişi, öng yelka suyagining oçiq bölaklanib sinişi. Postgemorragik va posttravmatik şokning oğir darajasi» taşxisi bilan Qamaşi tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan. Ularga sifatli tibbiy yordam körsatilmoqda.

«Bemorlarning ahvoli malakali şifokorlar nazoratida», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.