Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini boşqariş va moliyalaştiriş yanada takomillaştiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti, Tarix instituti, Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda San'atşunoslik institutining tuzilmasi tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga zaruratga köra ilmiy-tadqiqot muassasalari tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.

ITM faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari qilib quyidagilar belgilanadi:

Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti:

respublika hududidagi qölyozma va toşbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni saqlaş va örganiş borasidagi işlarni muvofiqlaştiriş;

manbaşunoslik, islomşunoslik, fan tarixi, örta asrlar tarixi, Şarq mamlakatlari taraqqiyotining zamonaviy muammolari, şarq mumtoz adabiyoti, diplomatika yönalişlarida ilmiy tadqiqotlar olib boriş;

yozma manbalarning ilmiy-izohli tarjima va asl matnlari naşrini amalga oşiriş;

yozma yodgorliklarni saqlaş va restavratsiya qiliş;

respublika hududida joylaşgan qölyozma fondlari faoliyatini doimiy monitoring qiliş va taşkillaştiriş;

restavrator mutaxassislar tayyorlaş va malakasini oşiriş.

Fanlar akademiyasi Tarix instituti:

Özbekistonning qadimdan hozirgi davrigaça bölgan tarixini tizimli örganişni milliy taraqqiyot nuqtai nazaridan taşkil etiş;

Vatanimizning umumjahon va mintaqa tarixida tutgan örni, özbek xalqining bunyodkorlik işlarini turli tarixiy bosqiçlarning umumiy va öziga xos jihatlarini inobatga olgan holda va özaro aloqadorlikda körsatiş;

Özbekistonda tarixiy tafakkur rivojini tahlil qiliş, arxeologik, etnologik, tarixşunoslik va manbaşunoslik tadqiqotlarining nazariyasi hamda metodologiyasini istiqbolli rivojlantiriş bilan boğliq masalalarni har tomonlama va çuqur tadqiq etiş.

Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti:

özbek tili, adabiyoti va folklorining tarixan şakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta'limotlarini tadqiq etiş;

özbek tilining bazaviy akademik va öquv grammatikalarini yaratiş;

özbek tilining fonetik tizimi böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş;

özbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy rivojlanişi tamoyillarini, şuningdek, zamonaviy til va adabiy jarayonlar qonunlarini, milliy-adabiy an'analarning til va adabiyotning hozirgi holatiga ta'siri masalalarini tadqiq etiş;

özbek tili va adabiyotining öziga xosligini tillar va adabiyotlarning özaro aloqasi bilan boğliqlikda örganiş.

Fanlar akademiyasi San'atşunoslik instituti:

Özbekiston tasviriy va amaliy bezak san'ati, musiqasi tarixi hamda zamonaviy badiiy jarayoni masalalarini örganiş;

teatr, raqs, sirk san'atlarining tarixiy aspekti va hozirgi holati muammolari, özbek kinosi va televideniyesi taraqqiyoti masalalari böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş;

Özbekiston me'morçiligi, şaharsozligi tarixi va zamonaviy muammolari, ibtidoiy va ilk örta asrlar madaniyati va san'ati, Markaziy Osiyo badiiy madaniyati tahlilining ijtimoiy-ma'naviy jihatlarini tadqiq etiş.

Belgilab qöyilişiça, 2020 yilning 1 yanvaridan boşlab Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bölimi tarkibiga kiruvçi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlari mehnatiga haq tölaş, bino va inşootlarini saqlaş xarajatlarini moliyalaştiriş, şuningdek, joriy xarajatlarini qoplaş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.

Quyidagilar Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ITM faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:

Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;

Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan tanlov natijalariga köra Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oşiriş uçun ajratiladigan mablağlar;

xalqaro moliya institutlari va boşqa institutlar, xorijiy taşkilotlarning grantlari doirasida tuşadigan mablağlar;

xöjalik faoliyatidan tuşadigan mablağlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ITM fundamental va amaliy tadqiqotlarning ilmiy-texnik loyihalarini amalga oşiriş uçun ajratiladigan budjet mablağlarini uşbu qaror topşiriqlaridan kelib çiqqan holda talab etiladigan qöşimça budjet mablağlarining bir qismini qoplaşga yönaltirilişini ta'minlaydi.