Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Aminova Munira Abdugafurovna Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar Buyuk Britaniyaning Qirollik qişloq xöjaligi universiteti bilan hamkorlikda Toşkent şahrida taşkil etilgan Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti rektori lavozimida faoliyat körsatgan.

Munira Aminova mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, BMT, Xalqaro maʼmuriy fanlar instituti, Yevropa Ittifoqi dasturlari hamda Belgiya va Niderlandiyaning oliy taʼlim muassasalarida rahbarlik, ilmiy-pedagogik va ekspertlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U siyosiy fanlar doktori, Toşkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti va Bryussel Vrije universitetida taʼlim olgan.

2024-yildan Taşqi işlar vazirining maslahatçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.