Özbekiston Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari va tadqiqotçilari tomonidan Jizzax magistral elektr tarmoqlari filialining 110/10 kV “Çilonzor” podstansiyasida tadqiqotlar ötkazildi.

Akademiya matbuot xizmati xabariga köra, tadqiqotlar natijasida elektr tarmoğidagi yöqotişlar darajasi, transformator yuklaniş rejimi, reaktiv quvvat balansining holati hamda izolyatsiya resursining eskiriş körsatkiçlari çuqur tahlil qilingan.

“Olib borilgan tadqiqotlar natijasida reaktiv quvvatni kompensatsiyalovçi qurilmalarni örnatiş orqali quvvat koeffitsiyenti körsatkiçini me’yoriy darajaga yaqinlaştiriş, SCADA tizimi asosida masofadan boşqariş va real vaqt rejimida nazorat qiliş imkoniyatlarini joriy etiş, yuklama grafigini optimallaştiriş maqsadida iste’mol profilini raqamli modellaştiriş va boşqa bir qança ilmiy asoslangan tavsiyalar işlab çiqildi.

Ilmiy asoslangan yeçimlarning amaliyotga joriy etilişi natijasida texnik yöqotişlar sezilarli darajada kamayişi, elektr ta’minoti işonçliligi oşişi hamda mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan davlat siyosatining samarali amalga oşirilişiga olib keladi”, – deyiladi xabarda.