Respublika öquv-tarbiya muassasalari töğrisida nizom hamda Respublika öquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvçilarini oziq-ovqat, kiyim-keçak, poyabzal, boşqa aşyoviy ta'minot buyumlari va yumşoq anjomlar bilan ta'minlaş me'yorlari tasdiqlandi.
Norma’ning yozişiça, nizom alohida şaroitlarda tarbiyalaş va ta'lim berişga muhtoj bölgan bolalar uçun Respublika öğil bolalar öquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar öquv-tarbiya muassasasining maqomi, vazifalari va faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.
Öquv-tarbiya muassasasiga umumiy örta ma'lumot olişni tugatmagan, 14 yoşga tölgan va 18 yoşdan oşmagan voyaga yetmaganlar quyidagi holatlarda joylaştiriladi:
• ijtimoiy xavfli qilmişlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortiş mumkin bölgan yoşga tölmagan yoxud ruhiy kasallik bilan boğliq bölmagan holda, rivojlanişda öz yoşiga nisbatan orqada qolişi oqibatida sodir etgan qilmişining ahamiyatini töliq anglab yetişga qodir bölmagan;
• aybliligi töğrisidagi masala hal qilinmasdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar voyaga yetmaganlar işlari böyiça idoralararo komissiyaga körib çiqiş uçun topşirilgan bölsa;
• öquv-tarbiya muassasalariga joylaştiriş tariqasidagi majburlov çorasi qöllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar;
• yakka tartibdagi profilaktika işi olib borilayotganligiga qaramasdan muntazam ravişda huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilişni davom ettirayotganda.
Voyaga yetmaganlarni öquv-tarbiya muassasasiga joylaştiriş va qabul qiliş sud ajrimi asosida amalga oşiriladi. Voyaga yetmaganlar öquv-tarbiya muassasasiga içki işlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazlari xodimlari tomonidan olib boriladi va joylaştiriladi.
Quyidagilar öquv-tarbiya muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
• tarbiyalanuvçilarni umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida majburiy umumiy örta ta'lim olişi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
• tarbiyalanuvçilarda mehnat könikmalari va mustaqil ijodiy fikrlaş qobiliyatini şakllantiriş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş va böş vaqtlarini samarali taşkil etiş;
• barkamol, jismoniy va ruhan soğlom şaxsni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas'uliyatlilik, fidoyilik, dunyoqaraşi keng mustaqil va komil inson bölişga intiliş tuyğusini şakllantiriş;
• bolalarning yoşiga xos bölgan psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqişlariga, bolalar hayoti va soğliğini saqlaş talablariga muvofiq tarzda ularning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanişiga kömaklaşuvçi psixologik, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta'minlovçi çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
• tarbiyalanuvçilarning huquqiy bilimlarini oşirişga qaratilgan «case-study», guruhlarda işlaş, bahs-munozaralar, situatsion öyinlar, aqliy hujum kabi ilğor interaktiv öqitiş usullarini öquv-tarbiya jarayoniga keng joriy etiş.
Öquv-tarbiya muassasasi bolalarning ruhiy va fiziologik holatini inobatga olgan holda, ta'lim oliş bilan birgalikda ularga kasb-hunar örgatiş maqsadida taşkil etiladi. Öquv-tarbiya muassasasi uşbu muassasani attestatsiyadan ötkaziş asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan akkreditatsiyadan ötkaziladi.
Öquv-tarbiya muassasasida maxsus şaroitlarni ta'minlaş maqsadida quyidagilar amalga oşiriladi:
• öquv-tarbiya muassasasi hududini qöriqlaş;
• öquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotganlarning uning hududidan erkin çiqişini çeklaş;
• tarbiyalanuvçilarni keça-kunduz, şu jumladan uyqu uçun ajratilgan vaqt davomida nazorat qiliş;
• tarbiyalanuvçilarni şaxsiy tekşiruvdan ötkaziş, ularning buyumlarini, şuningdek, ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boşqa poçta jönatmalarini tekşiruvdan ötkaziş;
• tarbiyalanuvçilarga öz oilasi bilan aloqada bölişi hamda ular bilan uçraşişi uçun zarur aloqa vositalari va boşqa jihozlar bilan ta'minlangan alohida xonalar ajratiş.
Öquv-tarbiya muassasasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, umumiy örta ta'limning öquv rejasi va ta'lim dasturlari, şuningdek tarbiyalanuvçilarning ehtiyojlari va muammolari turidan kelib çiqqan holda, yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlari (hayotiy könikmalarga örgatiş, alkogol va giyohvandlik vositalariga qaramlikdan davolaş, ruhiy jarohat asoratlari bilan işlaş va boşqa dasturlar) asosida ta'lim beriladi.
Eslatib ötamiz, Milliy gvardiyaga Respublika öğil bolalar öquv-tarbiya muassasasi, IIVga Respublika qiz bolalar öquv-tarbiya muassasasi biriktirildi (29.05.2019 yildagi PQ-4342-son). Uşbu idoralar tegişli öquv-tarbiya muassasasining öz vaqtida töliq ta'minoti va maişiy şart-şaroitlari yaxşilanişiga kömaklaşişga mas'uldir. Xalq ta'limi vazirligi respublika öquv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va ta'lim jarayonini yölga qöyiş, tarbiyalanuvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişga mas'ul hisoblanadi.
Respublika öquv-tarbiya muassasalarida sinflardagi öquvçilar soni 15-20 nafardan iborat etib belgilanadi. Tegişli moliya organlari bilan kelişilgan holda uşbu muassasalarda, istisno tariqasida, öquvçilar sonidan qat'i nazar sinflar oçişga ruxsat etiladi.
Tarbiyalanuvçilarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişga möljallangan turli tögaraklar, qiziqişlar böyiça klublar, seksiyalar (şu jumladan sport seksiyalari), studiyalar taşkil etiladi. Yozgi ta'til davrida tarbiyalanuvçilar uçun oromgohlar, ular ommaviy dam olişi uçun boşqa turlar taşkil etiladi.
Tarbiyalanuvçi öquv-tarbiya muassasasi hududidan taşqariga muassasa rahbariyatining yozma ruxsatnomasiga köra, faqat öquv-tarbiya muassasasining xodimlari, ota-onasi yoki ota-onasi örnini bosuvçi şaxslar kuzatuvida çiqadi. Tarbiyalanuvçi öquv-tarbiya muassasasini özboşimçalik bilan tark etgan taqdirda, muassasa ma'muriyati bu haqda tarbiyalanuvçining ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarni, mazkur muassasa joylaşgan hududdagi va tarbiyalanuvçining yaşaş joyidagi yoki turgan joyidagi içki işlar organlarini xabardor qiladi, şuningdek içki işlar organlari bilan birgalikda uni topiş va öquv-tarbiya muassasasiga qaytariş çoralarini köradi.
Tarbiyalanuvçilar öquv-tarbiya muassasasidan çiqarilayotgan vaqtda doimiy yaşaş joylariga ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar kuzatuvida yuboriladi.
Nizomda iş hujjatlarini va tarbiyalanuvçilarning şaxsiy hujjatlarini yuritiş tartibi, tarbiyalanuvçilarga tibbiy xizmat körsatiş, ularga ta'til beriş, rağbatlantiriş çoralarini qöllaş tartibi, tarbiyalanuvçilarning öquv-tarbiya muassasasida bölişini töxtatiş tartibi, tarbiyalanuvçilar va pedagoglarning majburiyatlari, rahbar xodimlarni lavozimga tayinlaş va öquv-tarbiya muassasasini moliyalaştiriş tartibi belgilangan.











