29 oktabr kuni parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Unda Özbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi, şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning «2019 yilda aholi bandligini ta'minlaş va yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça davlat buyurtmasining joriy yil töqqiz oyidagi ijrosi töğrisida»gi axboroti eşitildi.

Vazir hisobotida qayd etilişiça, joriy yilning 9 oyi davomida respublikada 266,3 mingta iş örni yaratilgan. Xususan, işsizlik darajasi va aholi bandligini ta'minlaş ehtiyoji yuqori bölgan Qoraqalpoğiston Respublikasida – 15,6 ming, Andijonda – 24,4 ming, Qaşqadaryoda – 22 ming, Jizzaxda – 13,4 ming, Samarqandda – 27,6 ming, Farğonada 32,2mingta iş örni taşkil etilgan. Bunda yaratilgan iş örinlarining qariyb teng yarmi – 129 mingtasi kiçik korxonalar va mikrofirmalar hisobiga töğri kelmoqda.
Hisobot yakunida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga Xalq demokratik partiyasi deputati Zulayho Akramova tomonidan ötgan 9 oy davomida aholi bandligini ta'minlaş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça davlat buyurtmasining qança qismi bajarilmay qolgani va bu borada eng yomon natija körsatgan tumanlar nomini keltiriş söraldi.

«Albatta, bu borada bizda aniq raqamlar bor. Masalan, ötgan 9 oy davomida davlat buyurtmasi Andijon viloyatining Uluğnor tumanida belgilanganidan 20 foizga, Buxoro viloyatining Romitan tumanida 13 foiz, Xorazm viloyatining Urganç şahrida 13 foizga kam bajarilgan.
Bu yerda davlat buyurtmasining bajarilmay qolayotganiga sabab sifatida tijorat banklar tomonidan belgilangan loyihalarning moliyalaştirilmay qolişi, yoki boşqa muammolar ham sabab bölgan.
Bugungi kungaça jami bölib 203ta loyiha amalga oşirilmagan. Bu loyihalar davlat buyurtmasi böyiça ötgan 9 oylikda topşirilişi kerak edi», deya Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











