AQŞ qurolli kuçlarining markaziy qömondonligi qömondoni general Kennet Makkenzi Twitter’da IŞID yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiyning yöq qilinişi böyiça ötkazilgan amaliyotning ilk fotosuratlari va videosini e'lon qildi va uning tafsilotlari bilan bölişdi.

Qisqa videoda 1-raqamli terrorçi joylaşgan bino körsatilgan. Lavhalarda binoni ikki tomondan odamlar qurşab olayotganini, «jangarilar AQŞning havodan hujum olib borayotgan kuçlariga öt oçgani»ni köriş mumkin.
«Bu yerda Bağdodiy yaşiringan obektni körmoqdamiz. Avval ta'kidlaganimdek, bu obekt Suriya şimolidagi Idlib viloyatida joylaşgan bölgan», deb ma'lum qilgan general jurnalistlarga.
«Şansov sbejat u nego ujye ne bylo». Pentagon — ob ubiystve al-Bagdadi pic.twitter.com/COwSU3urPW
— Meduza (@meduzaproject) October 31, 2019
Uning ta'kidlaşiça, obekt şturm qilinişi oldidan amerikalik harbiylar uning içidagi barça odamlarni taslim bölişga çaqirgan. Fuqarolar va bolalar orasida qurbonlarga yöl qöymaslik uçun barça imkoni bor iş qilingan.
Biroq şunga qaramay, IŞIDning 5 a'zosi – 4 ayol va bir ekak qurol taşlaşdan boş tortib, harbiylarga xavf solgan. Şturm boşlanganda, al-Bağdodiy bomba portlatib, özini va yana ikki bolani öldirgan.
«Obektda hammasi bölib IŞIDning 6 a'zosi öldi: 4 ayol va 2 erkak, jumladan al-Bağdodiy», deb ta'kidlab ötdi Makkenzi.
Amaliyotdan keyin AQŞ maxsus kuçlari al-Bağdodiy yöq qilingan joydan köplab buyumlarni olib çiqişgan. 1-raqamli terrorçining şaxsi tasdiqlanişi uçun DNK-tahlil qöllangan. Tahlil mutlaq aniqlik bilan aynan al-Bağdodiy öldirilganini tasdiqlagan.
Pentagon vakili, şuningdek, terrorçining jasadi 24 soat içida dengizga olib çiqilib, çöktirib yuborilganini tasdiqlagan.
«U harbiy ixtilof qonunlariga köra dengizda dafn qilindi», deb ma'lum qilgan Makkenzi.












