Hindistonning Dehli şahri ma'muriyati havo kuçli ifloslangani sababli 5 noyabrgaça barça maktablar yopilişini e'lon qildi. Bu haqda The Hindu naşri xabar berdi. 

Şahar ma'muriyati rahbari Arvind Kajrival Hindiston poytaxti ayni vaqtda “gaz kamerasi”ni eslatişini ta'kidlab ötgan. Şahar maktablarida 5 mln.ga yaqin niqob tarqatiladi.

Şahar rahbari yoşlarni şaharda çiqindilar yoqilmasligi ortidan kuzatişga çaqirdi, agar tanbehlar kor qilmasa, maxsus xizmatga qönğiroq qilib, voqea haqida xabar qilişni tavsiya qildi.

Hindiston poytaxtidagi özi şundoq ham iflos havoning keskin yomonlaşişiga mavsum oxirida ekinzorlarning yoqilişi asosiy sabab hisoblanadi. Qöşni Xaryana va Panjob ştatlaridagi minglab fermerlar yerni keyingi ekin ekişga tayyorlaş uçun ekinzorlarni yoqadilar.

Şuningdek, havo ifloslanişiga oktyabrning oxirgi sanalarida nişonlanadigan Divali milliy bayrami ham öz ta'sirini körsatgan. Bayram tantanalari vaqtida butun Hindiston böylab olov festivallari ötkaziladi, petardalar va muşaklar otiladi, şamlar va fonuslar yoqiladi.

Bundan taşqari, ekologiyaga quriliş çangi, avtotransportning çiqindi gazlari, sanoat çiqindilari ta'sir qiladi. Biroq asosiy muammo ekinzorlarning yoqilişi bölib qolmoqda.

Ta'kidlanişiça, Dehlida zararli zarralar PM 2,5 körsatkiçi kub metrga 533 mikrogrammga yetgan. Vaholanki, salomatlik uçun zararsiz miqdor 25 mikrogrammgaçani taşkil qiladi.