Uzbekistan Airports AJ maʼlumotiga köra, Farğonada stansiya 15-oktabr kuni örnatilgan. Samarqandda esa şunday uskunalarni örnatiş va sozlaş işlari 9-oktabrda yakunlangan. Keyinçalik boşqa aeroportlar yaqinida ham stansiyalar örnatiş rejalaştirilgan.

Uskunalar aeroportlarning sanitariya-himoya zonalarida joylaştirilmoqda. Ular azot dioksidi, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi, ozon, ammiak va vodorod sulfid, şuningdek, PM2.5 hamda PM10 mayda zarraçalari konsentratsiyasini ölçaydi.

Tizim bir vaqtning özida havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, şamol tezligi hamda yönalişini ham qayd etadi.

Ölçov natijalari avtomatik ravişda Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga uzatiladi. Bu aeroportlar atrofidagi havo sifati qanday özgarayotganini kuzatib boriş imkonini beradi.