Pixel 4 va Pixel 4 XL

Google’ning yangi flagmanlari Pixel 4 va Pixel 4 XL içki tarafi, qolaversa, dizayn jihatidan bir-biriga juda öxşaş, ammo ularning hajmi turliça. Smartfonlar orqa panelidagi qöş kamera, körinib turganidek, iPhone’ga taqlid qilgan holatda qavariq kvadrat ramka içiga joylaştirilgan.

Pixel 4 öz egasini yuz qiyofasidan tanib olişi mumkin, ammo Google barmoq izi skaneridan voz keçişga qaror qilgan. Smartfonning eng qiziqarli imkoniyati şundaki, unda işoralarni Soli sensori datçiklari orqali tanib oliş xususiyati mavjud. Foydalanuvçi ekran oldida qöl uzatmalarini amalga oşiriş orqali musiqalarni özgartiriş, budilnikni töxtatiş yoki kiriş qönğiroqlari signalini öçiriş imkoniga ega. Va albatta Pixel 4 korpusning yon tomonga örnatilgan tugmaça bosilganda Google Assistant’ni işga tuşiriş qobiliyatiga ega.

Texnik tavsifi

Displey: POLED, 5,7 dyuym, 2 280 × 1 080 piksel Pixel 4’da; POLED, 6,3 dyuym, 3 040 × 1 440 piksel Pixel 4 XL’da.
Protsessor: Snapdragon 855.
Kamera: asosiy — 12,2 Mp (boş) + 16 Mp (teleobektiv); frontal — 8 Mp + ToF 3D‑modul.
Xotira: 6 GB tezkor, 64/128 GB içki.
Akkumulyator: 2 800 mA·s.
Operatsion tizim: Android 10.

Pixel 4 uç xil rangda taqdim etilgan: qora, oq va apelsin tusida. Pixel 4’ning 64 GB’li kiçik modeli 799 AQŞ dollari, katta 64 GB’li varianti 899 AQŞ dollari narxida belgilangan.

Honor 20 Lite

Huawei kompaniyasining uşbu smartfoni yoşlikni yodga soladi. Unda olib qöyiluvçi orqa panel, ekran osti barmoq izi skaneri va tomçi körinişidagi selfi-kamera mavjud.

Honor 20 Lite öz egasini yuzidan taniydi va ekran oldida 2 kişi turganda ham uni aniqlay oladi. Bundan taşqari, gadjet GPU Turbo 3.0 öyin rejasini qöllab-quvvatlaydi. Yana bir yoqimli jihati şundaki, smartfon özida 3,5 millimetr ölçamdagi quloqçin uçun tirqişni saqlab qolgan.

Texnik tavsifi

Displey: LTPS IPS LCD, 6,21 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 710.
Kamera: asosiy — 24 Mp (boş) + 8 Mp (ultra keng burçakli) + 2 Mp (çuqurlik datçigi); frontal — 32 Mp.
Xotira: 4 GB tezkor, 128 GB içki, 256 GB'gaça hajmdagi microSD karta uçun qöşma örin.
Akkumulyator: 3 400 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (EMUI 9).

Huawei Nova 5z

Huawei Nova 5 modellari qatorini töldiruvçi örta sinf uskunasi. Gadjet uçun juda arzon narx belgilangan, ammo ekranning çap tomonida zamonaviy yumaloq kesim ostidagi frontal kamera, tört modulli asosiy kamera va Kirin 810 protsessori bilan jihozlangan.

Smartfonning çetlari yumaloqlangan orqa kamerasi törtburçak kamera bilan öralgan. Uning ostida barmoq izi skaneri bor. Gadjet tez quvvatlaniş funksiyasiga ega, bu sizga batareyani yarim soat içida töldirişga imkon beradi. Balki, Huawei Nova 5z’ning Yevropa versiyasida NFC‑moduli ham paydo bölar.

Texnik tavsifi

Displey: LTPS IPS LCD, 6,26 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel.
Protsessor: Kirin 810.
Kamera: asosiy — 48 Mp (boş) + 8 Mp (ultra keng burçakli) + 2 Mp (makroobektiv) + 2 Mp (çuqurlik datçigi); frontal — 32 Mp.
Xotira: 6 GB tezkor, 64/128 GB içki, 256 GB’gaça hajmdagi microSD karta uçun qöşma örin.
Akkumulyator: 4 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (EMUI 9.1).

Smartfon bahosi 1 599 yuandan boşlanadi (taxminan 230 AQŞ dollari). Huawei Nova 5z uç xil körinişda sotuvda böladi: qora, kök va yaşil.

Meizu 16T

Mobil öyin işqibozlari uçun Meizu’dan kuçli protsessor va katta ekranga ega hamyonbop smartfon. Dizayni kompaniyaning boşqa smartfonlari ruhida çeklangan va sodda bölib, yuqori va pastki ramkalari ingiçka, ortqça kesmalar yöq.

16T öz egasini yuzidan tanişi mumkin, ekran ostida barmoq izi skaneri ham bor. Gadjetda stereodinamika, kuçli vibromotor va quloqçinlar uçun 3,5 millimetrli audio-tirqiş bor.

Texnik tavsifi

Displey: Super AMOLED, 6,5 dyuym, 2 232 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 855.
Kamera: asosiy — 12 Mp (boş) + 8 Mp (ultra keng burçakli) + 5 Mp (çuqurlik ölçovi); frontal — 16 Mp.
Xotira: 6/8 GB tezkor, 128/256 GB içki.
Akkumulyator: 4 500 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (Flyme 8).

Meizu 16T’ning narxi 1 999 yuandan (taxminan 285 AQŞ dollari) boşlanadi. Bu kuçli smartfonga egalik qilişni istamagan, şu bilan birga köp pul sarflaş fikridan yiroq bölganlar e'tiborini tortişi aniq.

Xiaomi Redmi 8

Xiaomi’dan yangi budjet turiga kiruvçi smartfon avvalroq taqdim etilgan Redmi 8A modeliga öxşaş qilib işlangan. U sönggisidan qöşma kamerasi, bir munça kattaroq xotirasi va orqa panelda barmoq izi skaneri mavjudligi bilan farq qiladi.

Uskuna displeyi Corning Gorilla Glass 5 şişasi bilan qoplangan, selfi‑kamera tomçi körinişidagi kesimga joylaştirilgan. Korpus tomçilardan himoya qiluvçi P2i qoplamasiga ega. 5 000 mA·s hajmli akkumulyator bilan birgalikda kam quvvatli ammo energiya tejovçi protsessor yaxşigina samaradorlikni taqdim eta oladi. Ijtimoiy tarmoqlarda faol böliş imkoniyatini bera oladigan telefon istagida bölganlar uçun qulay, ammo öyin işqibozlariga bu smartfon töğri kelmaydi.

Texnik tavsifi

Displey: IPS LCD, 6,22 dyuym, 1 520 × 720 piksel.
Protsessor: Snapdragon 439.
Kamera: asosiy — 12 Mp (boş) + 2 Mp (çuqurlik datçigi); frontal — 8 Mp.
Xotira: 3/4 GB tezkor, 32/64 GB içki,  512 GB’gaça hajmdagi microSD karta uçun tirqiş mavjud.
Akkumulyator: 5 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (MIUI 9).

Realme X2 Pro

Bugungi kunda uşbu smartfon Snapdragon 855+ va çastotasi 90 Gs yangilangan OLED‑displeyli eng arzon flagmandir. Uning ekrani HDR10+ standartini qöllab-quvvatlaydi va Corning Gorilla Glass 5 şişasi bilan qoplangan, barmoq izi skaneri şundoq ekran ostiga joylaştirilgan, selfi‑kamera esa tomçi körinişidagi kesimga örnatilgan.

Gadjet 35 daqiqa içida 100 foiz quvvat oladigan batareya, quloqçin uçun tirqiş va NFC‑modulga ega. Smartfon kamerasi 4K video oladi va soniyasiyaga 960 kadr oladigan çastotali slow‑motion’ni qöllab-quvvatlaydi.

Texnik tavsifi

Displey: Super AMOLED, 6,5 dyuym, 2 400 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 855+.
Kamera: asosiy — 64 Mp (boş) + 13 Mp (teleobektiv) + 8 Mp (ultra keng burçakli) + 2 Mp (çuqurlik datçigi); frontal — 16 Mp.
Xotira: 6/8/12 GB tezkor, 64/128/256 GB içki.
Akkumulyator: 4 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (Android 10 (ColorOS 6.1)gaça yangilana oladi).

Realme X2 Pröning narxi bu turdagi uskuna uçun juda arzon bahoda — 2 699 yuandan (taxminan 383 AQŞ dollaridan) boşlanadi. Taqqoslaş uçun, öxşaş xususiyatli OnePlus 7T flagmanidan ikki barobar arzon.