Meksikalik boksçi Saul Alvares Las-Vegasda ötgan 12 raundlik boks jangida amerikalik Deniyel Jyeykobsni oçkolar böyiça mağlub etdi.
Alvares uşbu jangda WBA va WBC kamarlarini himoyalagan va Jyeykobsdan IBF kamarini tortib olgan. U şu tariqa uçta çempionlik kamarini özida mujassamlaştirdi.
Saul WBA va WBC çempionlik kamarlarini 2018 yil sentyabrda qozoğistonlik yengilmas boksçi Gennadiy Golovkin ustidan ğalaba qozonib qölga kiritgandi.
Meksikalik boksçining hisobida 52 ta ğalaba, bitta mağlubiyat va 2 ta durang jang bor. Bu jang uning DAZN striming xizmati bilan 365 mln dollarlik şartnomasi böyiça 2-jangi böldi.
Şartnomaga köra boksçi 2023 yilgaça 11 ta jang ötkazişi kerak. Uşbu şartnoma böyiça debyut jangda Alvares 2018 yil dekabrda britaniyalik Rokki Fildingni texnik nokaut bilan mağlub etgan.












