Rossiya çempionati 15-turidan örin olgan «Krasnodar» — «Rostov» öyini çinakam derbiga mos dramatik tarzda ötdi. Rossiya janubining eng zöri kim degan savolga javob izlagan «Krasnodar» va «Rostov» muxlislarga super öyinni taqdim etişdi.

Öyinga bölgan qiziqiş juda katta edi. Buni Rostovdan Krasnodarga 4 mingdan köproq muxlis kelganidan ham biliş mumkin edi. Öyin boşlanişi oldidan «Krasnodar» stadioni atrofidagi körkam boğ rostovlik muxlislar bilan gavjum böldi. Şu örinda JÇ-2018 oldidan oçilgan Krasnodardagi stadion juda çiroyli ekanini ham ta'kidlaş kerak.

Tört tomoni har xil boğ va xiyobonlar bilan öralgan stadionga öyindan 3-4 soat oldin kelsangiz ham, açinmaymiz. Çunki stadion atrofida xiyobonlar juda köp va körkam. Stadion atrofida minglab odamlar ötirişi mumkin bölgan har xil dizayndagi örindiqlar haqida alohida gapirsa böladi. «Krasnodar» stadioni çindan Rossiyadagi eng körkam arenalardan biri ekaniga guvoh böldik.

Endi öyinga kelsak. Karpin «Spartak»ga qarşi kubok bahsida asosiy tarkib futbolçilariga dam berib, «Krasnodar»ga qarşi öyinga yaxşiroq holatda yetib kelişni maqsad qilgandi. Bir qaraşda şunday böldi ham...

Bir-birini juda yaxşi tuşunadigan Eldor Şomurodov va Aleksey Ionov 34-daqiqada çiroyli golni uyuştirişdi. Eldor qanotga qarab ketayotgandek harakat qilib, töpni orqasidan oçilayotgan Ionovga taşlab berdi va Lyoşa uzoq burçakni aniq nişonga oldi — 0:1.

41-daqiqaga kelib «Rostov» yana bitta gol urdi. Himoyaçilar jarima maydonçasiga uzatilgan töpni qaytarişda xatoga yöl qöyişdi va töp Ionovga kelib tuşdi. Aleksey bu gal çap oyoqda darvozani işğol qildi — 0:2.

Ikkinçi bölimda ham bir qaraşda Karpin jamoasi öyinni nazorat qilayotgandek edi, ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalarda hammasi özgarib ketdi. 90+3-daqiqada Ivan Ignatev darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borib, gol urdi. Bu gol VAR körilgaç ham bekor qilinmadi. 90+5-daqiqada esa Uroş Spayiç boş bilan gol urib, hisobni 2:2 körinişiga keltirdi.

Şu tariqa butun öyinni qahramonlarça ötkazgan va xotirjam ğalaba sari odimlayotgandek köringan «Rostov» qandaydir ikki daqiqa içida yil kambeki «qurboniga aylandi». Kun.uz muxbiri öyinni stadiondan kuzatdi va quyida «Krasnodar» va «Rostov» örtasidagi super öyindan tayyorlangan katta fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Muhammadjon Ğaniyev olgan suratlar