“Mersedes” jamaoasi a'zosi Lyuis Xemilton “Formula-1” avtopoygalarining olti karra çempioniga aylandi. 

34 yoşli britaniyalik poyganing AQŞdagi bosqiçida 2-örinni egalladi. Biroq bu unga muddatdan avval çempionlikni rasmiylaştirişga yetarlilik qildi. 

Marraga birinçi bölib Xemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas, uçinçi bölib “Red Bull” vakili Maks Ferstappen yetib keldi.  

Lyuis mavsum yakunlanişiga 2 ta bosqiç qolganda şaxsiy hisobda Bottas uçun yetib bölmas darajada özib ketdi. Bottas esa öziga 2-örinni kafolatlab qöydi. Hozirda Xemilton hisobida 381 oçko, Bottasda esa 314 oçko bor. 3-örinni “Ferrari” vakili Şarl Lekler (249 oçko) egallamoqda.

Lyuis ötgan mavsumda ham poyga oxiriga ikkita bosqiç qolganda çempionlikni ta'minlab qöygandi. U oltinçi marta çempionlikni qölga kiritib, bu borada argentinalik Xuan Manuel Fanxiodan (5 ta çempionlik) özib ketdi. Xemiltondan köproq çempionlikka faqatgina Mixael Şumaxer ega (7-marta).

“Mersedes” ketma-ket 6 marta konstruktor kubogini, poygaçisi esa 6 marta çempionlikni qölga kiritgan ilk jamoa böldi.

Xemilton “Formula-1”dagi faoliyatini 2007 yilda “Maklaren” jamoasida boşlagan. U ilk çempionlik unvonini 2008 yilda qölga kiritgan. Söngra poygaçi “Mersedes”ga ötib, 5 ta unvonga sazovor bölgan (2014, 2015, 2017-2019 yillar). Britaniyalik sportçining hisobida 248 ta poyga bor bölib, undan 83 tasida ğalaba qozongan.

Poyganing keyingi bosqiçi Braziliyada 15-17 noyabrda bölib ötadi.