“Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida”gi ÖRQ-578-son Qonun e'lon qilindi. U uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Norma’ning yozişiça, mohiyatan hujjat özini “Elektron tölovlar töğrisida”gi Qonunning jiddiy kengaytirilgan va töldirilgan versiyasi sifatida namoyon qiladi. Şuningdek, unda tölov tizimi tuşunçasi berilgan, ularning turlari, iştirokçilari va faoliyat yuritiş qoidalari haqida aytib ötilgan, biroq batafsil va aniq bayon qilingan. Bir qator jihatlariga köra, albatta, hujjatlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, tölov tizimlarining yangi tasnifi joriy etilmoqda. Agar hozir ular banklararo, bankning içki va çakana tölov tizimlariga bölinsa, yangi qonun böyiça – muhim va boşqa tölov tizimlariga bölinadi.
Birinçisiga MB tomonidan belgilangan mezonlarga (bozor uluşi va tölovlarning yillik hajmi) javob beradigan tizim kiradi, tölov xizmatlari bozorining barqaror faoliyat körsatişi bunday tizimning uzluksiz işlaşiga boğliq, uning işidagi töxtalişlar (uzilişlar) esa tavakkalçiliklarning paydo bölişiga olib kelişi mumkin. Markaziy bank muhim tölov tizimi jumlasiga kiritadi, ularning operatorlariga esa ança jiddiy talablar qöyiladi. Tölov tizimida tavakkalçiliklarni boşqariş tizimi va özini özi baholaş tartibi tartibga solingan.
Tölov xizmatlari bozoriga alohida bob bağişlangan. Ularning turlari, yetkazib beruvçilar va ularga qöyiladigan talablar, tölov xizmatlari körsatiş tartibi, şu jumladan tegişli şartnoma tuzişning asosiy şartlari va mexanizmi, tölov taşkilotlari faoliyatini çeklaş va tölov agentlari va subagentlar orqali işlaş xususiyatlari belgilangan.
Hujjatda tölov tizimlari va tölov xizmatlari bozorini davlat tomonidan tartibga soliş masalasiga yetarliça e'tibor berilgan. Regulyativ dastaklarning aksariyati Markaziy bank qölida jamlangan. Xususan, aynan MB:
a) tölov tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlariga litsenziya beradi va ular ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilaydi;
b) nazoratni amalga oşiradi – bir yilda köpi bilan 1 marta ötkaziş muddati 30 kundan oşmaydigan tölov tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlarini inspeksiya tekşiruvlaridan ötkazadi (alohida masalalar böyiça yoki kompleks). Yakunlari böyiça tasdiqlovçi hujjatlarni ilova qilgan holda, tekşirilayotgan sub'yekt faoliyati töğrisidagi umumiy axborotni, tekşiruv jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi axborotni öz içiga olgan tekşiruv dalolatnomasini tuzadi;
v) terrorizmga qarşi qonunçilik buzilişini bartaraf etiş töğrisidagi körsatmani bajarmaganlik uçun, başarti bu tölov tizimining uzluksiz işlaşiga salbiy ta'sir körsatsa, quyidagi sanksiyalardan birini qöllaydi:
• BHMning 5 000 baravarigaça bölgan miqdorda jarima soladi (materialni e'lon qiliş sanasida – 1,1 mlrd sömdan ortiq);
• tölov xizmatlarining va (yoki) operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oşirişni 6 oygaça bölgan muddatga çeklaydi;
• litsenziyaning amal qilişini 10 iş kunigaça bölgan muddatga töxtatib turadi.
Bundan taşqari, Markaziy bank tölov tizimlari operatorlari va tölov xizmatlari yetkazib beruvçilari ustidan axborot xavfsizligi rejimiga rioya qiliş borasida nazorat qiladi. Har yili 1 apreldan keçiktirmay ular MBga tegişli hisobot taqdim etişi, rejim buzilgan taqdirda esa, - bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytiriş uçun körilayotgan çoralar töğrisida tezkorlik bilan xabar berişi şart. Regulyator tölov tizimlarining axborot xavfsizligi rejimi buzilganligi töğrisidagi ma'lumotlar bazasini şakllantirişni va yuritişni amalga oşiradi.
Tölov tizimlarining işlaşi ustidan kuzatuv amalga oşirilayotganda MB ular (muhimlariga urğu bergan holda) töğrisidagi axborotni umumlaştiradi, tizimlaştiradi va tahlil qiladi.












