Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Vadim Abramov Qirğizistonga qarşi örtoqlik öyini translatsiya qilinişiga qarşi emasligini aytdi.
«Öyin translatsiya qilinmasa, stadionga odamlar kiradi va Saudiyaga qarşi repetitsiya ham töla stadionda ötadi deb öylagandim. Futbol muxlislar uçun, biz heç kimga stadionni yopmoqçi emasmiz.
Menga qönğiroq qilib Saudiyadan qörqyapsizmi, deb söraşdi. Yöq, biz heç kimdan qörqmaymiz. Agar televideniye bu öyinni translatsiya qilişni xohlasa, marhamat, körsataverişsin. Darvoqe, bizga translatsiya uçun pul berişmaydi», — deb Abramovning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Bundan avvalroq Tribuna.uz manbasi Özbekiston – Qirğiziston örtoqlik uçraşuvi translatsiya qilinmasligi haqida ma'lumot bergandi.
Ğalati qaror: Özbekiston – Qirğiziston örtoqlik öyini TV orqali namoyiş qilinmaydi












