Suratlarni körib, bu qaysi zamonaviy şahar ekan deysizmi? Yöq, bu şahar emas, balki Xitoyning gözal Banbidian qişloği! Kun.uz muxbiri Feruza Avazova aynan şu qişloqda bölib, maxsus fotoreportaj tayyorladi.

2017 yilda Xitoy hukumati poytaxt Pekin çekkasidagi qişloqlarni qaytadan barpo etiş böyiça «Beautiful villages» (Gözal qişloqlar) yangi innovatsion loyihasini boşlandi. Unga köra, Pekindagi 10ta qişloq, jumladan, Banbidian (Banbidian), Gaobeydian (Gaobeidian) va Langgejuang (Langgezhuang) obod qiliş umumiy loyihasining obektiga aylandi.

Aynan Banbidian qişloğining özida aholining qulay hayot keçirişi uçun infratuzilma qaytadan işlab çiqildi. Natijada ortiqça haşamatsiz bir xil körinişdagi körkam xonadonlar, mahalliy kofeşop va dökonlar, şinam kutubxona va hattoki, qişloqning öz tarixiy muzeyi ham barpo etildi.

Qişloqning mahalla idorasi ham e'tiborni tortadi. Aholi uçun maxsus kutubxona aynan şu yerda joylaşgan. Şuningdek, qişloqning tarixiy-madaniy muzeyi Xitoyning ötmişiga sayohat qiliş imkonini beradi. Taqdimotlar, ma'ruzalar ötkaziş uçun ham alohida katta xonalar mavjud. Bu mahalliy aholi uçun juda ham qulay. Endilikda şahar markaziga uzoq yöl bosib, borişga hojat yöq.

Mahalla idora xodimi bilan suhbatda bölganimizda şu narsa ma'lum böldiki, mazkur loyiha «Smart villages» (Aqlli qişloqlar) innovatsion ğoyasi ostida amalga oşirilmoqda. Şuningdek, qişloqlarda quriliş ekologik toza şahar andozalariga xos tarzda davom etadi.

Bu yerda faqatgina bir narsa sayohatçilarga biroz noqulaylik tuğdirişi mumkin: muzeydagi barça eksponatlar xitoy tilida. Agar yoningizda xitoylik döstingiz yoki gid bölmasa, qişloq bilan yaqinroq tanişiş qiyin böladi.

Biroq muhimi bu emas. Eng asosiysi, mahalliy fuqarolar va kelajak avlodlar uçun obod qişloqni yaratişdir.

Feruza Avazova,
Kun.uz muxbiri.