Toşkent şahar hokimi mahkamasi Moliya boş boşqarmasida tasdiqlangan deklaratsiyada yangi tariflar belgilandi.

Norma’ning yozişiça, 2019 yil 16 noyabrdan Toşkent şahri böyiça III guruh tijoriy iste'molçilari bölgan yuridik şaxslar uçun quyidagi stavkalar joriy etilmoqda:

suv ta'minoti böyiça – 1 m3 uçun 730 söm QQSsiz;

oqava suv böyiça - 1 m3 uçun 460 söm QQSsiz.

Qolgan barça I va II guruhlar iste'molçilari uçun yuqorida körsatilgan deklaratsiyaga muvofiq tariflar 2019 yil 16 noyabrdan özgarişsiz qolmoqda: suv ta'minoti böyiça – 1 m3 uçun 310 söm QQSsiz, oqava suv böyiça - 1 m3 uçun 250 söm QQSsiz.

Ma'lumot uçun: Toşkent şahar hokimining 2.04.2019 yildagi 499-son qaroriga binoan Toşkent şahri iste'molçilariga içimlik suv ta'minoti xizmatlari uçun ilgari belgilangan 1m3 uçun 100 söm miqdoridagi maxsus ustama haq miqdori 2019 yilda ham saqlab qolindi, oqava suv (kanalizatsiya) xizmatlari uçun ham şunday ustama haq belgilangan.

Eslatib ötamiz, Cuv ta'minoti va oqava suvni çiqariş xizmatlari körsatiş qoidalari böyiça iste'molçilar uçta guruhga bölingan:

I – xususiy uy-joylarda va köp kvartirali uydagi xonadonlarda yaşaydigan jismoniy şaxslar;

II – issiqlik ta'minoti taşkilotlari, ISKX taşkilotlari, Mudofaa vazirligi va boşqa taşkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari, budjet taşkilotlari, diniy taşkilotlar, elçixonalar va diplomatik vakolatxonalar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, XUMŞ;

III – I va II guruhga kirmagan taşkilotlar.