AQŞ davlat departamenti “Al-Qoida Arabiston yarimorolida” terrorçilik guruhining ikki yetakçisini tutişda yordam beradigan axborot uçun 10 mln dollargaça mukofot puli belgiladi.

“Davlat departamentining Rewards for Justice (Odil sudlovga yordam uçun mukofot) dasturi Sa'd bin Atif Al-Ovloqiyning qayerdaligi haqidagi axborot uçun 6 mln dollargaça, Ahmad Mahmud al-Qosiy haqidagi axborot uçun 4 mln dollargaça mukofot puli taklif qiladi”, deyilgan xabarda.

Vaşingtonning ma'lum qilişiça, ikki jangari AQŞga hujum qilişga çaqirgan. Ta'kidlanişiça, jangarilardan biri Al-Qosiy 2001 yil Pokistonda qölga olinib, söngra Guantanamo qamoğiga ötkazilgan. U 2001 yilda özini “Al-Qoida” bilan til biriktirişda va terrorçilikka moddiy yordam körsatişda aybdor deb tan olgan. AQŞ uni 2012 yilda ozod qilib, Sudanga qaytargan.   

Rewards for Justice dasturi 1984 yildan beri amal qilib keladi. Ayni vaqtgaça AQŞ eng katta mukofot puli – 25 mln dollarni IŞID yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiy haqidagi axborot uçun taklif qilgan.