8 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev iştirokida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tomonidan taşkil etilgan ijtimoiy investitsiyalar kiritiş sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.

Tadbirda AQŞ Kolumbiya universitetining xalqaro va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi amaliyotçi professori, Nyu-York şahridagi «Picker Center» rahbar kadrlar tayyorlaş markazi asosçisi va direktori Uilyam Eymike boşçiligidagi delegatsiya vakillari iştirok etdi.

Uilyam Eymike

Sodiq Safoyev tomonidan oçilgan yiğilişda qatnaşçilar va xorijlik mehmonlar taniştirib ötildi va ijtimoiy muammolar böyiça fikr bildirdi.

Sodiq Safoyev

«Bugungi uçraşuvimizdan maqsad ijtimoiy investitsiyalarning tizimini rivojlantiriş, davlat-xususiy hamkorligini kengaytirişdan iborat. Bizda bu masalada qonun qabul qilindi. Lekin bu qonun tölaqonli işlab ketdi, deb ayta olmaymiz. Hozirda muammolar bor. Ularni birgalikda tahlil qilişimiz kerak. Ijtimoiy investitsiyalar va davlat-xususiy hamkorlik masalalari notenglik, qaşşoqlikka qarşi kuraş, oziq-ovqat xavfsizligi, korrupsiyani yöq qiliş, soğliqni saqlaş tizimi, ta'lim, şu jumladan, oliy ta'lim tizimini rivojlantiriş eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Jamiyatning taraqqiyoti şuni körsatyaptiki, bugun davlatning bir özi barça masalalarni hal qila olmaydi. Bu yerda xususiy sektor hamda fuqarolik jamiyatini jalb etiş kerak. Buning usuli aynan ijtimoiy investitsiyalar, davlat-xususiy şerikçiligi rivojlantirişdir», — dedi Sodiq Safoyev.

Tadbir iştirokçilari ijtimoiy investitsiyalar jamiyatdagi ayrim eng murakkab vazifalarni hal etişning yangi usuli ekanligini ta'kidladi. Garçi hozirgi vaqtdagi köpçilik muammolar, jumladan ijtimoiy notenglik, arzon uy-joy yetişmasligi, korrupsiya, soğliqni saqlaş yetarli darajada rivojlanmaganligi, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi hal etilmaganligi juda katta va juda murakkab muammo bölib tuyulişi mumkin bölsa-da, ularning yeçimi bor va bunga davlat va xususiy sektor, şuningdek xayriya jamğarmalari hamkorligi evaziga erişiş mumkinligi tilga olindi.